Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston ichki ishlar vaziri old va orqa qismidagi raqami turlicha mashinada yurishi “fosh etildi”
Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev aholi bilan uchrashuvdan old va orqa qismidagi davlat raqamlari turlicha bo‘lgan mashinada ketdi. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.
Vazir Nur Otan partiyasining respublika jamoatchilik qabulidagi tadbirdan keyin Lexus LX570 modelidagi avtomobilga o‘tirgan. Avtomobilning old qismida 025 AW 01 davlat raqami o‘rnatilgan.
Biroq jurnalistlar mashinaning orqa qismida boshqa raqam – 046 KZ 01 o‘rnatilganini payqashgan.
Ichki ishlar vazirligida bu bilan bog‘liq suratlarga izoh berilgan.
“Ichki ishlar vaziri 046 KZ 01 davlat raqamiga ega xizmat mashinasida harakatlanadi. Bu avtomobil 2013 yildan beri hisobda turadi. Unda avvalgi vazir harakatlangan. Boshqa avtomobil yo‘q”, deyilgan vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
08:18 / 24.06.2026
2026 yilning eng ishonchli avtomobil brendlari ma’lum qilindi
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
17:38 / 09.06.2026