Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 mlrd 100 mln so‘mlik smartfonlarning noqonuniy olib kirilishi fosh qilindi
Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qiymati 1 mlrd. 100 mln. so‘mlik smartfonlarning noqonuniy olib kirilishi fosh qilindi.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Namangan shahrida fuqaro A.A.ning xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlidagi “Kobalt” va “Neksiya 3” rusumli avtomashinalar saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qo‘l telefonlari borligi aniqlandi.
"RED MI” va “HUAWEI” brendi ostidagi mazkur smartfonlar jami 867 dona bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra ularning umumiy qiymati 1 mlrd. 100 mln. 102 ming so‘mni tashkil qilar ekan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:01 / 01.05.2026