Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
50 million so‘mlik videoproyektorlarni yashirincha olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi
Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan maishiy texnika tovarlarini noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportida videoproyektorlarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga uringan fuqaro to‘xtatib qolindi.
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan xorijdan uchib kelgan fuqaro M.A. ning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada ushbu shaxs yuklari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me'yoridan ortiq bo‘lgan, umumiy qiymati 50 million so‘mlik 12 dona videoproyektorlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar xalqaro aeroportlar orqali o‘z ehtiyojlari uchun 2000 AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lgan tovar moddiy boyliklarini bojxona to‘lovlarini to‘lamagan holda olib o‘tishlari mumkin.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026