«Mahbus böyni, umurtqa va qovurğasi sinişi sabab vafot etgan». Boş prokuratura tibbiyotni soha professorlaridan yaxşiroq biladimi?
|15:50 / 09.08.2019181 83710 min
Şu yilning mart oyida bojxona töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş bilan ayblanib, sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan va Navoiydagi 47-son jazoni ijro etiş muassasasida «sirli» tarzda vafot etgan Bobomurod (ismi şartli ravişda özgartirildi) haqida maqola e'lon qilingan edi.
Marhumning vafot etiş sabablarini aniqlaş maqsadida bir neça bor ekspertizalar ötkazilgan. Ekspertiza xulosalari esa bir-biridan farq qilgan. Sud işi dastlab Navoiy viloyatida, söngra Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida davom ettirilgan. Bir-birini inkor etuvçi ekspertiza xulosalari sabab sud tomonidan ekspertiza ötkaziş Respublika sud-tibbiy ekspertizasi Boş byurosiga (Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi) topşirilgan. Markaz mutaxassislari tomonidan örganişlar natijasida mutlaqo boşqa holatlar, ya'ni marhumning ölimiga sepsis (qon infeksiyasi) kasalligi emas, balki olingan jarohat sabab bölganligi aniqlangan. KUN.UZ bu masalada öz suriştiruvini davom ettirib, Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazida böldi.
«Jinoyatni oçiş örniga bizga bosim ötkazişmoqda»
Şohsanam Yadgarova, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bölim mudiri, oliy toifali ekspert:
— Navoiyda ötkazilgan ekspertizalarda marhum vafot etganidan söng heç qança vaqt ötmasdan sepsis (qon infeksiyasi) deya xulosa berilgan. Lekin sepsis deb oddiy köz bilan qarab baholab bölmaydi. Buning öz tartib-qoidalari bor. Dastlab laboratoriya tekşiruvidan ötiladi. Bunga kamida ikki hafta vaqt ketadi. Bir neçta bosqiçlarini ötkaziş kerak.
Oddiy köz bilan sepsisni körib bölmaydi. Balkim bunday özgarişlar bölar, lekin bunday qovurğa va boşqa joylari sinmaydi. Respublika sud-tibbiy ekspertiza Boş byurosida 2 marotaba, birinçisi 31-sonli komission qayta ekspertiza va 94-sonli yana komission qayta sud-tibbiy ekspertizasi ötkazilgan.
Şunisi qizikki, ikkalasida ham dastlabki ekspertizalarni ötkazgan ekspertlar O.Xvan yetakçi ekspert va A.A.Axrarov ma'ruzaçi bölib ekspertizani boşqarganlar. Sud tomonidan bu iş respublika darajasida örganilişi lozim topilib, menga yuklatildi. Bizning ekspertiza 7-si edi. Bunda travmatolog, vertebrolog, neyroxirurg, urolog kabi mutaxassislarni jalb qildik. Çunki böyin, umurtqa va qovurğalar singanligi mavjud edi.
Mavzuga oid
Ekspertiza jarayonida bir-biridan mustaqil bir neça taşkilotlarning malakali ekspertlari qatnaşgan. Masalan, RPAM direktori, professor Isroilov R.I, ToşVMOI patologoanatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi professori Magrupov B.lar qatnaşdi.
Tekşiruvlar natijasida murdaning tovon qismida elektr tamğalar aniqlangan. 2018 yil 26 dekabrda sudning ajrimi bilan eksgumatsiya (qabrni oçiş) ötkazildi. Qabrni oçganimizda marhumning böyni, umurtqasi, qovurğasi singanligi aniqlandi. Ölim holati aynan umurtqalar şikastlanişi sababli kelib çiqqan.
Men atrofliça örganilgan Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazining 126-sonli xulosasini sudga taqdim etdim. Sud bu xulosa asosida marhum tirikligida unga jarohat yetkazgan şaxslarga suriştiruv-tergov ötkazilişi uçun işni prokuraturaning öziga qaytargan. Biroq prokuratura jinoyatni oçiş örniga bizga bosim ötkazmoqda.
Ekspertizani bizga sud tayinlab bergan bölişiga qaramay, prokuratura Soğliqni saqlaş vazirligiga bizning ekspertiza notöğri ötkazilgan va bunga çora köring, deb taqdimnoma kiritmoqda. Bizning ekspertiza töğri ötgan yoki ötmaganligini ular qayerdan bilsin? Biz Respublika darajasidagi markazmiz.
«Agar yozmasam, işdan olinişimni aytişdi»
Suriştiruvimiz davomida şu voqealar sabab bosimga uçrayotgan yana bir mutaxassis-gistolog bilan suhbatlaşdik. U ekspertizada töğri va halol xulosalarini berganini va bu unga «qimmat»ga tuşayotganini aytdi.
Jamoliddin Begboyev, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toşkent viloyat filiali eksperti:
— Men faoliyatim davomida doim haqqoniy işlaşga harakat qilaman. Çunki bunday işlar baribir bir kun oçiladi. 2011 yildagi işlar qaytadan körib çiqilgan holatlarni guvohi bölganman. Şu sababli faqat körganimni, bilganimni aytaman.
Bu işda oldingi ekspertizalarni notöğri, deb xulosa berdim. Bemor sepsisdan emas, jarohatdan vafot etgan dedim. Menga sepsisdan ölgan deb yozişimni, agar yozmasam işdan olinişimni aytişdi. Bu böyiça audioyozuvlar ham bor.
«Sepsisga-ku sabab topilar, lekin tovonidagi elektr tokidan qolgan izlarni qanday yöq qilasizlar? Qiynoqning yaqqol belgisi-ku bu» dedim. Men borini yozişimni aytdim.
Ularga mening xulosalarim yoqmadi. Keyin menga nisbatan tazyiqlar boşlandi. Odamdan ayb topaman desa, qiyin emas ekan. Işdagi mayda kamçiliklar aniqlandi va meni lavozimim pastlatildi, xizmat tekşiruvi qilib xayfsan berildi. Hammasi asossiz vajlar bilan böldi.
Bu masalalarda men portalga 6 marta, 3 marta oddiy poçta orqali Prezident devoniga, 1 marta Senatga, 2 marta ombudsmanga, 7 marta Boş prokuraturaga arz qildim. Hammasida aylanib-aylanib yana viloyat yoki tuman prokuraturalarga tuşmoqda. Ular özlariga nisbatan çora körişadimi?!
«Işdan olişga tavsiya berişga ularning haqqi yöq»
Şuningdek, Bobomurodning ölimi sabablari bilan boğliq ekspert xulosalari yuzasidan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi rahbari Alişer Iskandarovning fikr va mulohazalari bilan qiziqdik.
Alişer Iskandarov, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor:
— Bu iş böyiça oldin ham köplab ekspertizalar ötkazilgan. Sud keyin ekspertiza ötkazişni bizga buyurdi. Ekspertiza xulosamizni sud qabul qildi va jinoyatni oçiş uçun prokuraturaga topşiriq berdi. Lekin prokuratura viloyatga yana ekspertiza ötkaz, deb topşiriq bermoqda. Oldingi mutaxassislarni ham ekspertizaga jalb qilişmoqda. Qoida böyiça bu mumkinmas. Protsessual qonunbuzilişi bu.
Lekin hali sud jarayoni davom etmoqda. Sud prokuraturaning bu harakatlarini qabul qilgani yöq. Şunga qaramay prokuratura bizning işlarimiz notöğri qilingan, deb taqdimnoma kiritmoqda.
Jinoyat-protsessual kodeksining 187-moddasida keltirilgan: Ekspertning xulosasi suriştiruvçi, tergovçi yoki sud uçun muqarrar daliliy kuçga ega emas. Xulosaga qöşilmaslik qarorda yoki ajrimda asoslab berilişi lozim. Ya'ni, bizning xulosani xohlasa oladi, xohlasa olmaydi. Lekin bunday taqdimnoma kiritib, işdan olinişiga tavsiyalar berişga ularning haqqi yöq.
Biz sud tomonidan ekspertiza ötkazişdan oldin ogohlantirilamiz. Jinoyat kodeksining 238-moddasi, 240-moddalar mavjud. Agar notöğri xulosa berilsa va bu tasdiqlansa, şu moddalar bilan jazo olinadi. Marhamat, agar isbotlansa, iş oçişaversin. Ayni vaqtda sud jarayoni ketayotgan bölsa, qanday bunaqa xatti-harakat amalga oşiriladi?! Bu böyiça sud ham öz fikrini berdi.
Boş prokuratura tan olmagan xulosa
Hali sud jarayoni yakunlanmay turib, ekspertiza xulosasiga baho berilganligi aytilayotgan Boş prokuratura taqdimnomasining nusxasi ham qölimizda mavjud.
Unda, uşbu ekspertiza notöğri taşkil etilgani va xulosa ham töğri baho berilmay tuzilgani aytiladi. Bunga sabablar qilib reanimatolog, gematolog, immunolog, nefrolog kabi mutaxassislar jalb etilmaganligi körsatilgan. Bundan taşqari, taqdimnomada ekspertlar guruhida iştirok etgan yana bir mutaxassis yetarli malakaga ega bölmaganligi hamda ma'ruzaçi Ş. Yadgarova stereomikroskopik tekşiruv ötkazmaganligi aytiladi.
Taqdimnomaning aynan şu qismi böyiça izoh oliş maqsadida Ş. Yadgarovani savolga tutdik. U taqdimnomada qayd etilgan toifadagi ekspertlarni jalb etişga zarurat bölmaganligi, malakasi yetarli emasligi aytilgan mutaxassisning esa tegişli malaka sertifikati mavjudligini bildirdi.
Şuningdek, taqdimnomada ekspertlar yöl qöygan boşqa qator «xato»liklar sanab ötilgan. Eng qiziği, bu xatoliklar ekspertiza ötkazişdagi tartib-qoidalarga nisbatan emas, tibbiy jihatdan notöğri deya baholanmoqda. Şu örinda savol tuğiladi: ekspertiza mamlakatning eng nufuzli ilmiy dargohi mutaxassislari tomonidan ötkazilgan bölsa-yu, Boş prokuraturaning bunday xulosaga kelişi örtasida ğayritabiiylik mavjud emasmi?
«Barvaqt baho berilgan»
Bu masalada ekspertlar sudga murojaat qilişgan. Işni olib borayotgan sudya tomonidan javob xati taqdim etilgan. Ekspertlar tomonidan bizga uşbu javob xati berildi.
Sudyaning ma'lum qilişiça, sud majlisida söroq qilingan ekspert va mutaxassislarning qarama-qarşi körsatmalari sabab Sud tibbiy-ekspertiza Boş byurosining (hozirgi Respublika markazi) muqaddam mazkur işda qatnaşmagan umuman boşqa davlat sud ekspertlari zimmasiga yuklatilgan.
Sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 187-moddasi qoidalari tartibida ekspert xulosasi muqarrar daliliy kuçga ega emas, deb topilgan. Şuningdek, prokuraturaning ekspertlar faoliyatiga baho berişi ham barvaqt deb hisoblangan. Bunday xulosalarga yakuniy bahoni faqat sud berişi mumkinligi tuşuntirilgan.
Şu örinda, sud jarayonlari davom etayotgan bir vaqtda, qolaversa sud ajrimiga asosan ekspertiza ötkazgan mutaxassislarning xatti-harakatlariga nisbatan Boş prokuraturaning Soğliqni saqlaş vazirligiga taqdimnoma kiritganligini qanday tuşuniş mumkin? Ekspertlarni lavozimiga loyiq yoki noloyiq ekanligini körib çiqiş böyiça taklif kiritişga hali biroz ertamasmi? Yoki Boş prokuratura xodimlari tibbiyotni şu soha vakillaridan-da yaxşiroq tuşunadimi?
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi