2016 yilning 13 aprelida Bobomurod (ism şartli ravişda özgartirilgan) jinoyat kodeksining bojxona töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş moddasi bilan aybli deb topilgan. Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudining hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Biroq oradan heç qança vaqt ötmay 2016 yilning 30 iyunida Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyat filialida vafot etgan.
Avvaliga sud zalidan qamoqqa olinib, Toşkent şahridagi 1-sonli tergov hibsxonasiga joylaştirilgan. Keyinroq Navoiy viloyatidagi 47-sonli jazoni ijro etiş muassasasiga (JIEM) ötkazilgan. Tibbiy hujjatlariga köra, Bobomurod Toşkent şahridagi 1-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan vaqtida soğliğidan şikoyat qilmagan, tibbiy köriklarda ham soğlom deb topilgan. Navoiy viloyatidagi 47-sonli jazoni ijro etiş muassasasiga olib kelinganda ham tibbiy tekşiruvlardan söng, soğlom deb qabul qilingan.
Tösatdan, 2016 yilning 10 iyun sanasida muassasaning tibbiyot bölimiga murojaat qilgan. Lekin tibbiyot bölimida negadir uning kasallik bayonnomalari va tegişli hujjatlar yuritilmagan. 18 iyun kuni ahvoli oğirlaşgaç, kasallik bayonnomalari yuritilib, statsionar davolaşga rasmiylaştirilgan. Bölim şifokorlari va boşqa navbatçi şifokorlar 19 va 20 iyun sanalarida uning ahvolidan xabar olişmagan va davolaş çoralarini körmaganlar.
21 iyunda muassasaning tibbiyot bölimi boşliği Bobomurodni bölimda yana bir kun uşlab turgan. 22 iyunda ahvoli battar oğirlaşgaç, soat taxminan 15:40larda Qiziltepa tuman tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tibbiy yordam bölimiga olib borilgan.
24 iyun kuni u yerdagi şifokorlar sanaviatsiya maşinasida Bobomurodni Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy viloyat filialiga olib borib, huşsiz holatda joylaştirişadi. 30 iyunda Bobomurod huşiga kelmasdan, taxminan soat 01:00larda jonlantiriş bölimida vafot etadi.
Tibbiyot hujjatlari va ekspertiza xulosalari Bobomurodning tanasidagi jarohatlar oyoğining tovon, boldir qismiga, qorin sohalariga, böyin umurtqa va qovurğalarining köplab sinişi uni urib döpposlangani natijasida olingani oçiq körinib tursa-da şifokorlar ularni yaşirişga urinişgan.
Jabrlanuvçi Bobomurodning ölimi yuzasidan Navoiy prokuraturasi tomonidan tergov jarayoni olib borilgan.
Bu vaqt davomida ekspertlar tomonidan bir neça marta ekspertiza qilinadi. Qiziği jazoni ijro etiş muassasasiga soğlom kelgan marhumning ölimiga «Sepsis» (qon infeksiyasi) kasalligi sabab bölgan, deb xulosa berişadi.
Boş prokuratura tomonidan jinoyat işlari böyiça Qiziltepa tuman sudi hukmiga berilgan protest Oliy sud tomonidan qanoatlantirilgan va sud hukmi bekor qilingan. Boşqatdan körib çiqiş uçun Navoiy şahar sudiga yuborilgan. Şahar sudi tomonidan qayta komissiyaviy ekspertiza tayinlanib, uni ötkaziş Respublika sud tibbiy ekspertizasi Boş byurosiga topşirilgan. 2018 yil 29 mart kuni ekspertlar 31-sonli xulosa tayyorlaşgan. Ular ham yuqoridagi holatni tasdiqlaşgan. Mahkumning ölimiga «Sepsis» (qon infeksiyasi) kasalligi sabab bölgan, deb xulosa berişgan.








