Şavkat Mirziyoyev raisligidagi yiğilişda Boş prokuratura ham, Içki işlar vazirligi ham uyğonişi, yangiça işlab, bir-birini tiyib turişi kerakligi körsatib ötildi.

102 xizmati orqali kelib tuşgan jinoyat haqidagi xabarlarni avtomatik tarzda röyxatga oliş, ya’ni har bir murojaatning «raqamli izi» qoladigan tizim yaratilgani öz natijasini berdi.

Lekin, ayrim tuman va şahar içki işlar rahbarlari statistikani yaxşilaş uçun jinoyatni yaşirayotgani, röyxatga olişni oylab çözib yurgani qayd etildi.

Yangi içki işlar vaziriga har bir mahalladagi profilaktika maskanlarini kuzatuv kamerasi va har bir inspektorni «bodi kamera» bilan ta’minlab, huquqbuzarliklarni röyxatga oliş böyiça yangi platformani işga tuşiriş topşirildi.

Jinoyatlarni hisobga oliş tizimini töliq raqamlaştiriş vazifasi qöyildi.

Prokurorlar tergov ustidan nazoratni susaytirib yuborgani körsatib ötildi. Jumladan, sudlar tomonidan 637 ta jinoyat işi kamçiliklari uçun tergovga qaytarilgan.

Boş prokuratura tergov sifatini oşiriş hamda jinoyatçilikni oldini oliş böyiça yanada qattiq işlaşi kerakligi qayd etildi.

Boş prokuratura ham, Içki işlar vazirligi ham uyğonişi, yangiça işlab, bir-birini tiyib turişi kerakligi körsatib ötildi.

Tizimli ravişda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş haftaliklarini ötkazib boriş muhimligi ta’kidlandi.

Parlamentdagi mas’ul qömitalar mahallagaça tuşib, har bir jinoyatning kelib çiqiş sabab va omillarini aniqlab, tuman, viloyat prokurorlari va içki işlar boşliqlarini oldiga aniq vazifa qöysa, bu borada yaxşi tajriba bölişi qayd etildi.

Boş prokuror va içki işlar vaziriga har çorakda Milliy kengaş oldida, viloyat, tuman prokurorlari va içki işlar boşliqlari esa har oyda hududiy kengaşlarda hisobot beradi va jamoatçilikka murojaat bilan çiqadi. 

«Murojaat deganda, umumiy gaplar kerak emas. Bunda har bir soha va jinoyatçilik turi böyiça oldini oliş, omillarini bartaraf etiş borasida aniq qiladigan işlarini aytişi kerak», - dedi prezident.