Özbekistonda 2025 yilda aholi, kiçik biznes va ijtimoiy soha obektlari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasining kamida 40 foizi qayta tiklanuvçi energiya manbalari hisobiga qoplanişi rejalaştirilgan. Bu haqda boş prokuror örinbosari Şohrux Aminov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, buning uçun mazkur inşootlarga quyoş batareyalari va suv isitkiçlari örnatiladi. Bu işlab çiqariş tannarxini pasaytirişi kutilmoqda.

Boş prokuror örinbosari bu vazifa «sözsiz» bajarilişini ta’kidladi. Ötgan yili Boş prokuratura va viloyat organlari «bunday buyruqlarni bajariş böyiça tajribaga ega böldi», dedi u.

Dekabrda Toşkent şahrida elektr energiyasidan noratsional foydalanişga qarşi reydlar ötkazilgan edi. Prokurorlar tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzib, ularni jarima va elektr tarmoğidan uziş ehtimolidan ogohlantirgan.

Bu tajribadan kelib çiqib, Prezident topşiriqlari ijrosi ustidan qattiq prokuror nazorati örnatiladi, dedi Şohrux Aminov.

«Prezident „Hududgazta’minot“ kompaniyasi tomonidan aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlaşda yöl qöyilayotgan qonunbuzarliklarni tanqid qildi. Boş prokuraturaga mazkur sohani korrupsiyadan xoli hududga aylantiriş böyiça takliflar kiritiş topşirildi», — dedi u.

Prokuratura, «Xududgazta’minot» va «Özenergoinspeksiya» öz takliflarini işlab çiqadi va kiritadi.