Bugungi kunda AQŞ qişloq xöjaligi samaradorligi körsatkiçi böyiça jahonda birinçi örinda turadi. Yangi innovatsion yeçimlarning tatbiq etilişi, sohadagi ilğor yangiliklar, maxsus ta'lim imkoniyatlari, şuningdek, davlatning maqsadga yönaltirilgan siyosati va qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş uçun qulay iqlim şaroitini yaratiş fermerlarga kamroq xarajat va mehnat orqali köproq hosil oliş imkonini beradi. 1982 yildan boşlab AQŞdagi qişloq xöjaligi samaradorligi qariyb 50 foizga ortdi.

Barça mezonlarga köra, qişloq xöjaligi hozirgi kunda Amerikaning eng yirik biznes tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Aynan AQŞda mamlakat iqtisodiyotining ulkan işlab çiqariş hajmini ifodalaydigan maxsus ibora – «agrobiznes» paydo böldi.

Xöş, Özbekistonda mazkur sohani yetakçi tarmoq sifatida keng rivojlantiriş uçun nima kerak?

Ayni damda Özbekiston hukumati hayotning eng muhim tarmoqlaridan biri bölgan qişloq xöjaligi sohasida yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qiliş zarurligini qayd etmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 apreldagi “Qişloq xöjaligi sohasida davlat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF–5708-sonli Farmonining ijrosini ta'minlaş uçun sohada qator işlar amalga oşirilmoqda.

Ayni damda qişloq xöjaligida innovatsion resurstejamkor texnika va yangi texnologiyalarni qöllaş, aqlli qişloq xöjaligi (Smart agriculture) va raqamlaştirilgan agrotexnologiyalarni joriy qiliş ustuvor maqsadlardan biridir. Şu sababli, turli xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda mamlakatga innovatsion texnologiyalarni olib kiriş böyiça şartnomalar tuzilmoqda.

Amerikaning gigant kompaniyasi Özbekistonda!

Agro sanoatni rivojlantirişda eng asosiy omil – zarur va sifatli texnikadan foydalanişdir. Endilikda qişloq xöjaliklari texnikasini işlab çiqarişda dunyoda birinçilardan bölgan John Deere  mahsulotlari Özbekistonda 2017 yildan beri Landtech rasmiy dilerlik kompaniyasi tomonidan taqdim etilmoqda. Biroq aynan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2017 yildan boşlab olib borilgan keng kölamli islohotlardan söng, innovatsion texnologiyalarga talab sezilarli darajada ortdi. Mahalliy bozorga kirib kelganiga bor-yöği ikki yil bölgan bölsa ham kompaniya mahsulotlariga bölgan talab kundan-kunga ortib bormoqda.