Joriy yil 22 sentabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qiliş masalalari böyiça ötgan videoselektor yiğilişida prezident Şavkat Mirziyoyev «Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlaştirişsiz natija, rivojlaniş bölmasligini tuşunib yetişi şart. Barça darajadagi rahbarlar buni öziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlaştiriş sohasini alifbosidan boşlab çuqur örganişi kerak», - deya ta'kidlagan edi.
John Deere kompaniyasi qişloq xöjaligini raqamlaştiriş bilan şuğullanuvçi jahondagi birinçi raqamli kompaniya hisoblanadi. John Deere özining Özbekistondagi dileri «Landtech» kompaniyasi yordamida Şavkat Mirziyoyev taşabbusini qöllab-quvvatlaşga, mamlakat qişloq xöjaligini raqamlaştirişga yordam berib kelmoqda. Şuningdek, taşkilot mamlakatdagi yoş kadrlarni qişloq xöjaligini raqamlaştiriş böyiça öqitiş dasturlarini ham amalga oşirmoqda.

Yaqinda şunday loyiha doirasida Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş institutida jahondagi ilğor John Deere kompaniyasining Özbekistondagi dileri «Landtech» HK MÇJ mutaxassislari bilan uçraşuv bölib ötdi.
John Deere kompaniyasi qişloq xöjaligiga ixtisoslaşgan eng sönggi modeldagi maşinalarni işlab çiqarmoqda. Kompaniya mahsulotlaridan foydalaniş bilan qişloq xöjaligida mahsulot yetiştiriş hajmi oşmoqda, suv tejaş imkoni paydo bölmoqda.


Masalan, ayni paytda Sirdaryo viloyatidagi Indorama paxtaçilik-töqimaçilik klasterining barça texnikalari: traktor, kombayn, paxta teriş maşinalari, dalani öğitlaşga möljallangan texnologiyalari John Deere brendi ostidagi texnologiyalar hisoblanadi. Klasterning 50 ming gektardan ortiq yer maydoni John Deere texnologiyalaridan foydalangan holda dala maydonlarini raqamli tizim bilan ta'minlagan.

«Özbekistonda qişloq xöjaligini raqamlaştiriş juda yaxşi samara beradi. Buning bilan fermerlarda masofadan turib iş jarayonini boşqariş, işlatiladigan öğitlarni, kimyoviy moddalarni tejaş imkoni böladi.
Bundan taşqari, traktorlar işini ham masofadan turib boşqariş, vaqtni tejaş va samaradorlikni oşiriş mumkin. John Deere aynan mana şu narsani maqsad qilgan va uni amalga oşirmoqda», – deya kompaniya taşkil qilayotgan işlar haqida gapirdi John Deere kompaniyasi rasmiy dileri, «Landtech» HK MÇJ texnik direktori Nil Kinsi seminarda.










