Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barça sohalar va odamlar hayotiga jadal kirib boryapti. Öz navbatida jahondagi ilğor John Deere kompaniyasining Özbekistondagi dileri “Landtech” XK respublika fermerlari va dehqon xöjaliklariga raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan qişloq xöjaligi texnikalaridan foydalaniş imkoniyatini taqdim etmoqda.

15 oktabr kuni Jizzax viloyatida joylaşgan Silverleafe klasterida ötkazilgan tadbirda kompaniyaning paxta teriş uçun möljallangan CP690 kombayni va yerga işlov berişning aniq AMS SYSTEM tizimi taqdimoti ötkazildi. Unda turli vazirlik va idora vakillari iştirok etişdi.

Tadbirning dolzarbligi şundaki, 22 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qiliş masalalari böyiça ötkazilgan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. “Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlaştirişsiz natija, rivojlaniş bölmasligini tuşunib yetişi şart. Barça darajadagi rahbarlar buni öziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlaştiriş sohasini alifbosidan boşlab çuqur örganişi kerak”, - deya ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.

Tadbirning ötkazilişi prezident taşabbuslarining John Deere tomonidan töliq qöllab-quvvatlanayotgani, şuningdek, kompaniyaning halollik, sifat, sadoqat va novatorlik kabi asosiy tamoyillariga amal qilib, milliy iqtisodiyotning raqamlaştirilişi jarayonlarini tezlaştirişda ham bevosita iştirok etayotganligini namoyon etadi.

John Deere kompaniyasining rasmiy dileri, “Landtech” XK tijorat direktori Botir Isroilovning ta'kidlaşiça, mazkur taqdimotni ötkazişdan asosiy maqsad qişloq xöjaligida raqamli texnologiyalarni qöllaşdan iborat.

“Qişloq xöjaligida raqamli texnologiyalarni qöllaş iş kuçini kamaytirib, traktor, kombaynlar yordamida paxtani köproq teriş, yerga işlov beriş imkoniyatini yaratadi. Sönggi ikki yilda olib kelingan texnikalarning deyarli 80 foizi John Deere'ning telematik tizimlari bilan jihozlangan. Mijozlarga texnikaning dalada qilayotgan işini kuzatib boriş imkoniyatini beradi”, - dedi Botir Isroilov.

John Deere kompaniyasi bilan bir neça yillar davomida hamkorlik qilib kelayotgan “Sulton” fermer xöjaligi rahbari Nuriddin Hojibekov kompaniya texnikalari sifati a'lo darajada ekanini aytib ötdi.

“Ikki yildan beri John Deere kompaniyasi bilan işlayman. Bizda mazkur kompaniyaning paxta teriş maşinasi bor. Bir kunda 1000 nafar odam teradigan paxtani bitta kombayn teradi”, - dedi Nuriddin Hojibekov.