John Deere kompaniyasining texnologiyalari Özbekistonda 2017 yildan beri UHMLANDTECH rasmiy dilerlik kompaniyasi tomonidan taqdim etilmoqda. Hozirgi kunda kompaniyada 100 dan ortiq xodim iş bilan band, Qarşi şahridagi ofisda yana 20 kişi iş bilan ta’minlandi. Bugungaça John Deere kompaniyasining 1,5 mingdan ortiq texnikalari Özbekistonga kirib kelgan, qişloq xöjalagi sohasida yuqori unumdorlikka erişiş uçun xizmat qilmoqda.


John Deere kompaniyasining MDH böyiça direktori Peter Sachse quyidagilarni ta’kidladi: “Özbekiston bozorida davom etayotgan ijobiy özgarişlar va xorijiy investorlar uçun imkoniyatlar kengayib borayotganini qayd etiş quvonarli. Biz mamlakatimiz fermerlariga yuqori xizmat va innovatsion imkoniyatlarni taqdim etişni davom ettiriş maqsadida respublika hududlarida iş boşlaganimizdan mamnunmiz. Biz har doim öz tamoyillarimizga: sifat, majburiyat, innovatsiyaga amal qilamiz”.


Qarşida kompaniya ofisi filialining oçilişidan maqsad janubiy viloyatlardagi yirik klasterlar, qişloq xöjaligi sohasi vakillariga xizmat körsatişni raqamlaştiriş va osonlaştirişdan iborat. Şuningdek, hududlarda aniq dehqonçilik sistemasini yaxşilaş ham maqsad qilingan.
Raqamlaştiriş degani bu aniq dehqonçilik tizimi, bu – qişloq xöjaligida yuqori sifatli texnologiyalardan foydalangan holda olinadigan hosilni oşirişga qaratilgan innovatsion metoddir. Bunda texnologiyalar yordamida daladagi işlarni öta aniqlikda nazorat qiliş, hosildagi yöqotişlarning oldini oliş mumkin. John Deere Özbekistonda aynan mana şu yönalişdagi işlar olib borilişida yetakçi bölyapti, Qarşidagi yangi ofis esa agrar soha vakillariga bu işlarni jadallaştirişga, köproq yangi innovatsiyalar bilan tanişişga yordam beradi.


Agrar sohani tuşunuvçilar orasida John Deere kompaniyasi haqida eşitmagan odam bölmasa kerak. John Deere qişloq xöjaligini raqamlaştiriş bilan şuğullanuvçi jahondagi yetakçi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniyaga 1837 yilda asos solingan bölib, Özbekistonga uning texnologiyalari 2017 yildan buyon UHMLANDTECH rasmiy dilerlik kompaniyasi tomonidan olib kiriladi.







