O‘zbekiston | 12:36 / 12.08.2019
37545
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxona qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ogohlantiruv bilan chiqdi. U Turkmanistonga aloqador

Foto: Flickr

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab, Turkmaniston Respublikasida ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari bo‘yicha yangi tartiblar joriy qilinmoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabarida aytilishicha, 2019 yilning 1 sentyabridan boshlab, ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlar haqida quyidagi ma'lumotlar taqdim etilmaganda, Turkmaniston bojxona xizmati tomonidan tovarlar tranziti uchun ruxsatnomalar berilmaydi:

- yuklarni yuboruvchi va qabul qiluvchining nomi va joylashgan manzili;
- tovarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi mamlakat nomi;
- tovarlarni tashuvchining yoki ekspeditorning (ruxsatnomani ekspeditor olganda) nomi va joylashgan manzili;
- transport vositasi va uning haydovchisi;
- tovarlarning shakli, nomlanishi, miqdori va qiymati;
- tovarlarning vazni va hajmi;
- tovarlarni kodlash va nomlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi bo‘yicha tasniflangan kodi (TIF TN);
- yuk o‘rinlarining umumiy soni;
- tovarlar yo‘llangan manzil;
- yo‘ldagi yuk operatsiyalari (tushirish, ortish, qayta yuklash va hk..);
- tovarlarni tashish muddati va harakatlanish yo‘nalishi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid