Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Brexit Britaniyada mahsulotlar tanqisligiga olib kelishi mumkin
"The Sunday Times" nashri "keskin" Brexit, ya'ni Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan bitimsiz chiqish holatida Britaniyada oziq-ovqat inqirozi va yonilg‘i yetishmovchiligi yuz berishi mumkinligini ma'lum qildi.
Jurnalistlar mamlakatning 31 oktyabrga belgilangan Yevropa Ittifoqidan "ajrashish" ga tayyorgarlik darajasi baholangan hukumat hujjatlari asosida bunday xulosaga keldilar.
Xususan, gap ommaviy noroziliklar portlarning ishini izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan Irlandiya bilan chegaradagi vaziyat tufayli dori-darmon, yonilg‘i va oziq-ovqat tanqisligi haqida borishi mumkin. Yo‘llarning to‘silishi va chegaradagi ushlanishlar London va Britaniya janubi-sharqini ta'minlashdagi muammolarga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, La-Mansh bo‘g‘ozini kesib o‘tishda bojxonada dori-darmonlar bilan bog‘liq muammolar ijtimoiy ta'minot sohasida xizmatlar qimmatlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026