AQSh O‘zbekistonga vazirliklar xarajati to‘g‘risidagi ma'lumotni oshkor etishni tavsiya qildi
Joriy yilning 15 avgust kuni AQSh Davlat departamenti yillik moliyaviy shaffoflik hisobotini e'lon qildi. O‘zbekiston shaffoflikning minimal talablariga javob bermaydigan 67 mamlakat qatoriga kirdi, deb yozmoqda Spot.
Bu yerda respublika Ozarboyjon, Turkmaniston, Iroq, Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan qo‘shni. Talablarga javob beradiganlar orasida Gruziya, Armaniston, Moldova, Turkiya, Polsha, Slovakiya, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va boshqalar bor.
«AQSh yordamini qabul qiluvchi hukumatlarning yillik moliyaviy shaffofligini baholash amerikalik soliq to‘lovchilarning mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanilishini ta'minlaydi», - deyiladi hisobotda.
Hisobotda O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlardan biri sifatida fuqarolar uchun budjetning nashr etilishi keltirilgan. Ammo, tuzuvchilarning ta'kidlashicha, salbiy holatlar hali ko‘p. Ular orasida:
qarz majburiyatlari tuzilmasi, ayniqsa davlat kompaniyalarida oshkor qilinmayapti;
vazirliklar va boshqa organlarning xarajatlari to‘g‘risida ma'lumot yo‘q;
tabiiy resurslardan keladigan daromadlar to‘g‘risida to‘liq ma'lumot yo‘q;
hukumat foydali qazilmalarni qazib olish uchun shartnomalar tuzishda qanday mezonlarga asoslanishi aniq emas;
va boshqalar.
AQSh Davlat departamentidan hisoblashlaricha, O‘zbekistonning moliyaviy shaffofligini quyidagi hollarda yaxshilash mumkin:
qarz majburiyatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar, shu jumladan vazirliklar xarajatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarning to‘liq ochiqligi;
«oqilona muddat» ichida hukumatning bajarilgan budjeti bo‘yicha auditorlik hisobotlarini tayyorlash va nashr etish;
tabiiy resurslarni qazib olish bo‘yicha litsenziyalar va shartnomalarni taqsimlash mezonlarini ochib berish;
va boshqalar.
Mavzuga oid
21:34 / 27.11.2024
Xitoy va AQSh «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashdi
19:34 / 27.11.2024
FQB tomonidan eng ko‘p qidirilgan shaxs Buyuk Britaniyada hibsga olindi
09:19 / 27.11.2024
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda
23:52 / 26.11.2024