Jahon | 23:05 / 20.08.2019
11424
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda Xitoydan kelayotgan samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Foto : SS0 Public Domain

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda Xitoydan kelayotgan yo‘lovchi samolyoti shikastlangan shassi bilan favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Qozog‘iston sanoat va infratuzilmaviy rivojlanish vazirligida ma'lum qilindi.  

Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, favqulodda qo‘nishni mahalliy Scat aviakompaniyasining VSV464 reysi bilan Xitoyning Sanya shahridan Nur-Sultonga parvoz qilgan Boeing757 samolyoti amalga oshirgan.

Samolyot mahalliy vaqt bilan 16:58 da qo‘ngan, undagi 234 yo‘lovchi va ekipajning 7 a'zosidan hech kim jabrlanmagan.

Ta'kidlanishicha, samolyotning asosiy chap shassisining orqa g‘ildiragi sirti noma'lum buyumga tegishi oqibatida shikastlangan. Keyinroq uchish-qo‘nish yo‘lagida rezina bo‘laklari topilgan. 

Ushbu holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Mavzuga oid