Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniya sud orqali Ispaniya hukumatidan 874 mln yevro talab qilmoqchi
Kataloniya rahbariyati Ispaniya hukumatidan 874 mln yevro talab qilish uchun u ustidan sudga arz qilmoqchi. Bu qiymat 2019 moliyaviy yil uchun avans to‘loviga to‘g‘ri keladi.
Bu haqda Kataloniya hukumati rahbari o‘rinbosari Pere Aragones ma'lum qildi.
EFE agentligining xabar berishicha, Ispaniya hukumati bu to‘lovlarni amalga oshirmagan, chunki 5 oydan beri hukumat vazifasini bajaruvchi maqomida qolmoqda. Mamlakatda o‘tgan parlament saylovlari natijalariga ko‘ra partiyalar hanuzgacha bosh vazirni tasdiqlay olishmagan. “Biz o‘zimizning, Kataloniya aholisi pullari bo‘lgan, qonunan bizga tegishli va noto‘g‘ri ushlanayotgan 2019 yil uchun avans to‘lovlari amalga oshirilishi uchun hukumat ustidan sudga arz qilamiz”, deb aytgan Aragones.
U, shuningdek, Ispaniyaning qolgan hududlari hukumatlarini shikoyatga qo‘shilishga chaqirgan, chunki bu vaziyat nafaqat Kataloniya, balki Ispaniyaning barcha viloyatlariga taalluqlidir.
Mavzuga oid
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
20:46 / 30.04.2026
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Madridda 180 ta xonadonga egaligi ma’lum bo‘ldi
16:21 / 24.04.2026
Pentagon Eron bilan urushdagi ixtiloflar tufayli Ispaniyani NATOdan chetlatishni muhokama qilmoqda
08:35 / 14.04.2026