Jahon | 22:42 / 22.08.2019
6815
1 daqiqa o‘qiladi

Huawei Xitoyning eng yirik xususiy kompaniyalari reytingiga boshchilik qildi

Huawei kompaniyasi Xitoy sanoat va savdo uyushmasi talqiniga ko‘ra Xitoyning eng yirik 500 ta xususiy kompaniyasi reytingining eng yuqori pog‘onasini egalladi.  

Uyushma e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning 2018 yil yakunlariga ko‘ra tushumi 721,2 mlrd yuanni (102,44 mlrd dollar) tashkil qilgan. 

2-o‘rinni HNA Group konglomerati egallagan, uning tarkibiga 618,29 mlrd yuan (87,83 mlrd dollar) tushumga ega Hainan Airlines aviakompaniyasi kiradi. 3-o‘rinni elektronika va maishiy texnika do‘konlari tarmog‘i Suning Holdings Group 602,46 mlrd yuan (85,58 mlrd dollar) bilan egallagan.

500 ta eng yirik kompaniyaning asosiy qismi sanoat sohasida faoliyat yuritib, bunday kompaniyalar 337 tani tashkil qiladi. Yana 157 ta kompaniya xizmatlar sohasida ishlaydi.    

Hisobotda ta'kidlanishicha, reytingda 500 mln yuanlik (71 mln dollar) oborotga ega 5,4 mingga yaqin kompaniya haqidagi ma'lumotlar hisobga olingan. 

Mavzuga oid