O‘zbekiston | 18:19 / 22.08.2019
66647
2 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva farzand tarbiyasini zavqli sayohatga o‘xshatdi

Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifasida o‘g‘liga bag‘ishlab post va surat qoldirdi. 

Suratdan ko‘rish mumkinki, uning o‘g‘li Miromon Tursunov fortepiano bo‘yicha «Improvizatsiya ustasi» yo‘nalishida g‘oliblik diplomini qo‘lga kiritgan.

Foto: Instagram /Saida Mirziyoyeva

«Miromon, bolajonim mening 
Uning har bir yutug‘i mening kichik g‘alabamdir!

Farzand tarbiyasini zahmatli, biroq juda zavqli sayohatga o‘xshataman. Bir umrlik sayohatga. Men bolalarim uchun birinchi navbatda ishonchli do‘st bo‘lishga harakat qilaman. Ularni qanday ko‘rishni istasam, o‘zim ham shunday, ularga namuna bo‘lishga intilaman!

Foto: Instagram /Saida Mirziyoyeva

Orzum o‘g‘limni musiqaga oshno qilish edi, buni ro‘yobga chiqarish uchun 25 yillik tanaffusdan so‘ng yana fortepiano qarshisiga o‘tirishimga to‘g‘ri keldi», - deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Mavzuga oid