Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Dilnozaxon Kattaxanovani bosh vazirning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanganini olqishladi.
«19 milliondan ziyod ayollarimiz — bu ulkan kuch va ayni paytda katta mas’uliyat demakdir. Davlat xotin-qizlarning ehtiyoj va muammolarini qanchalik teran anglasa, har bir oilaning farovonligi shunchalik barqaror bo‘ladi. Aynan shu sababli bandlikni ta’minlash, xorijdagi hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash hamda zo‘ravonlikning oldini olish kabi masalalar vaqtinchalik choralar emas, balki puxta ishlab chiqilgan tizimli yondashuvni talab etadi.

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar: jazo muddatini o‘tayotgan, uyi va farzandlaridan uzoqda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Ular yolg‘izlanib qolmaganlarini, davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishlari kerak», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
«Dilnozaxon, Sizga bu yo‘lda oqilalik, qat’iyat, ishingizga omad va yurtimizdagi har bir ayolning hayotida aks etadigan ulkan natijalar tilayman!», deb qo‘shimcha qildi Saida Mirziyoyeva.








Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
17:16 / 01.07.2026
«Tamerlano» operasi Parijni zabt etdi - Saida Mirziyoyeva
18:37 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi
08:17 / 30.06.2026