Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron tashqi ishlar vaziri Osiyo davlatlariga safar uyushtiradi
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif 25 avgustda Osiyo bo‘yicha turnesini boshlab, uning doirasida Xitoy, Yaponiya va Malayziyaga tashrif buyuradi. Bu haqda FARS axborot agentligi xabar berdi.
Zarif safar doirasida Osiyoning uch davlati yetakchilari bilan mintaqaviy xavfsizlik, ikki tomonlama munosabatlar hamda yadro kelishuvini saqlab qolish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Eron tashqi ishlar vazirining Osiyoga turnesi Yevropa turnesidan keyin kelmoqda. U ushbu turne doirasida 19-23 avgust kunlari Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya va Fransiyaga tashrif buyurgan.
23 avgustda Zarif Parijga tashrif buyurib, u yerda prezident Emmanyuel Makron va bosh vazir Jan-Iv Le Drian bilan uchrashgan. Zarif Fransiya bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma'lum qilib, “Katta yettilik sammiti Eron yadro kelishuvi bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi ishtirokchi davlatlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun yaxshi imkoniyat” ekanligini aytgan.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026