Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda ayollarga JCh-2022 saralash uchrashuvini stadionda tomosha qilishga ruxsat berildi – OAV
Eronlik ayollarga 2022 yilgi jahon chempionatining Eron va Kamboja terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuviga tashrif buyurishga ruxsat berildi. Uchrashuv 10 oktyabrda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Inside the Games portali xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, bunday bayonot bilan mamlakat sport vaziri o‘rinbosari Jamshid Toxizoda chiqish qilgan.
Shuningdek, Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) FIFA bilan birgalikda Eronda kelgusida ham ayollar futbol uchrashuvlariga tashrif buyurishlarini ta'minlash bo‘yicha ishlar olib bormoqda.
Tehronda Eron va Suriya o‘rtasida iyunda o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida bir necha ayol hibsga olingandi. Eron qonunchiligiga ko‘ra, erkak muxlislarning tajovuzkor xatti-harakatlari va so‘kinishlari “ayollarning noziq ruhiyatiga ta'sir qilishi” vaji ostida ayollarga futbol stadionlarida bo‘lish taqiqlangan.
2018 yil oktyabrda Eron va Boliviya o‘rtasida o‘tgan uchrashuvga 100 ayolga, noyabrda esa Eronning “Persepolis” va Yaponiyaning “Kasima Antlers” klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionlar ligasi finali javob uchrashuviga 500 ayolga tashrif buyurishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026