Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi
2019 yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Timoti Torlotni qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirgan.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarning dinamik xarakteri va O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining 9-12 iyul kunlari London shahriga qilgan tashrifining samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishdan manfaatdorligi tasdiqlangan.
Turli jabhalardagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflarga alohida e'tibor qaratilgan.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026