O‘zbekiston | 09:11 / 30.08.2019
29173
2 daqiqa o‘qiladi

100 yoshdan oshgan 14 nafar fuqaro «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 29 avgustdagi farmoni bilan 14 nafar fuqaro (har bir hududdan bir nafar) «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Mukofotlar Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, so‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlarga qo‘shgan munosib hissasi, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta'minlash, ishlab chiqarish soha va tarmoqlarini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish, faol investitsiya muhitini yaratish, eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlaridagi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun taqdim etildi.

Taqdirlanganlar ro‘yxati:

Baymatova Xadicha - Denov tumani, Surxondaryo viloyati
Borotova Ruzi - Dehqonobod tumani, Qashqadaryo viloyati
Imorxo‘jayeva Mehri - Bo‘ka tumani, Toshkent viloyati
Karimov Baltabay - Shayxontohur tumani, Toshkent shahri
Nurmatova Zebijon - To‘raqo‘rg‘on tumani, Namangan viloyati
Olimov Xabibullo - Xiva tumani, Xorazm viloyati
Raziqova O‘g‘ilcha - Marhamat tumani, Andijon viloyati
Raxmatova Buston - Narpay tumani, Samarqand viloyati
Tojiyeva Malika - Xatirchi tumani, Navoiy viloyati
Xojiyeva Sanam - Sharof Rashidov tumani, Jizzax viloyati
Sheraliyev Karim - Qo‘shtepa tumani, Farg‘ona viloyati
Shukurov Xol - Vobkent tumani, Buxoro viloyati
Yuldasheva Ruzi - Ellikqal'a tumani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Yarlakabova Sharafat - Sayxunobod tumani, Sirdaryo viloyati

Mavzuga oid