Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Fidoyi qutqaruvchi” medalini ta’sis etish rejalashtirilmoqda
“Fidoyi qutqaruvchi” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Fidoyi qutqaruvchi” medalini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Ushbu medal bilan quyidagi shaxslar mukofotlanishi ko‘zda tutilgan:
uzoq yillar davomida o‘z hayotini xavfga qo‘ygan holda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulklarini qutqarishda shaxsan ishtirok etgan yoki qutqaruv ishlarida fidoyi qatnashgan favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari;
xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy davlatlarda yuz bergan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish ishlarida faol ishtirok etgan idora va tashkilotlar vakillari, ko‘ngilli qutqaruvchilar;
alohida hollarda tezkor sa’y-harakatlari natijasida birinchi yordam ko‘rsatish yoki insonlarning hayotini asrab qolish, shuningdek, fuqarolarning halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ofatlarning oldini olishda jasorat namunasini ko‘rsatgan O‘zbekiston va chet el fuqarolari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishda alohida jonbozlik ko‘rsatgan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari, mutaxassislari va qutqaruvchilari.
Insonlar hayoti va sog‘lig‘ini asrab qolish va qutqaruv ishlaridagi alohida xizmatlari uchun boshqa shaxslar ham ushbu medal bilan mukofotlanishi mumkin.
“Fidoyi qutqaruvchi” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi. Mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.
“Fidoyi qutqaruvchi” medali 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:40 / 18.06.2026
Katta Chimyon tog‘ida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazildi
13:14 / 14.06.2026