Jahon | 11:00 / 01.09.2019
6116
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda bir oy ichidagi uchinchi otishma yuz berdi. 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP

AQShning Texas shtatidagi Odessa shahrida noma'lum kimsa otishma sodir etdi. Oqibatda 5 kishi halok bo‘lgan, kamida 21 kishi yaralangan.

Ushbu fojia avgust oyidagi Texasdagi ikkinchisi, umuman AQSh bo‘yicha uchinchisi bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, 1 sentyabrdan ushbu shtatda o‘qotar qurol aylanmasi nazoratini yumshatish haqidagi qonun kuchga kiradi.  

Odessa politsiya boshlig‘i Maykl Gerkening xabar berishicha, voqea patrul-post xizmati xodimi tekshiruv vaqtida Honda yengil avtomobilini to‘xtatganda boshlangan. Haydovchi patrulni o‘qqa tutgan, so‘ngra Odessa tomon yo‘l olgan va yo‘lda yana bir kishiga o‘q uzgan. Gumonlanuvchi yana 2 kishini o‘qqa tutib, avtomobilni tashlab, pochta furgonini olib qochgan.

Cinergy kinoteatri yaqinida gumonlanuvchi va politsiya o‘rtasida otishma yuz bergan hamda u bartaraf etilgan. 

Bir oydan kamroq vaqt avval Texasning El-Paso shahridagi savdo markazida irqchi jinoyatchi odamlarni o‘qqa tutgandi. Birozdan keyin Ogayo shtatining Deytonida otishma yuz bergan. Ikki otishma oqibatida 31 kishi bo‘lok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan.

Mavzuga oid