Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda niderlandiyalik futbolchining rafiqasi o‘yin vaqtida stadiondan chiqarib yuborildi
Eron milliy chempionatidan o‘rin olgan “Gol Goxar Sirjon” va “Saypa” klublari o‘rtasidagi o‘yinda niderlandiyalik futbolchi Kevin Yansenning rafiqasi stadiondan chiqarib yuborildi. Bu haqda Gazeta.ru nashri xabar berdi.
Voqea Eron chempionatining 2-turida yuz bergan. Yansenning klubi “Gol Goxar Sirjon” “Saypa”ni qabul qilgan. Futbolchining rafiqasi uchrashuvni kuzatgani va turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlagani stadionga kelgan.
Biroq tanaffus vaqtida stadion xodimi mahalliy urf-odatlarga ishora qilib, ayoldan stadionni tark etishini talab qilgan. Jumladan, stadion xodimi ayollarga turli sport tadbirlarini tomosha qilish uchun stadionlarga borish taqiqlanganini aytgan.
Futbolchining rafiqasi stadionni tark etgach, uchrashuvni maydon yaqinidagi ofis oynasidan tomosha qilgan.
Yansen Eron klubiga joriy yozda Niderlandiyaning “Kambura” klubidan erkin agent sifatida o‘tgan. “Saypa”ga qarshi o‘yin futbolchining yangi klubi uchun ilk uchrashuvi bo‘lgan.