Vazirlik bayonotiga köra, özaro anglaşuv memorandumida belgilangan muddat davomida tomonlar örtasida doimiy muloqot mexanizmi işga tuşiriladi. Uşbu aloqa kanali Hörmuz böğozi orqali harakatlanuvçi savdo kemalarining xavfsiz qatnovini ta’minlaş va har qanday mojaroli holatlarning oldini olişga xizmat qiladi.

Şuningdek, muzokaralar jarayonini nazorat qiluvçi yuqori darajadagi qömita AQŞ va Eron örtasida yakuniy kelişuvga erişiş böyiça 60 kunlik «yöl xaritasi»ni tasdiqladi. Bu esa texnik muzokaralarni zudlik bilan davom ettiriş uçun asos yaratdi.

Tomonlar yana bir muhim qaror qabul qilib, AQŞ, Eron va Livan vakillaridan iborat maxsus tartibga soliş guruhini taşkil etişga kelişib oldi. Uşbu guruh vositaçilar kömagida Livanda harbiy harakatlarni töxtatiş böyiça memorandum şartlarining bajarilişini ta’minlaş bilan şuğullanadi.

Qatar TIV ma’lum qilişiça, barça texnik muzokaralar hafta oxiriga qadar Şveytsariyaning Lyutsern şahri yaqinidagi Byurgenştok kurortida davom etadi.

Qatar va Pokiston rasmiylari Vaşington hamda Tehronning diplomatik muloqot va mojaroni tinç yöl bilan hal etişga bölgan intilişini yuqori baholadi. Şu bilan birga, muzokaralarni qöllab-quvvatlagan boşqa davlatlarga ham minnatdorlik bildirildi.

Qatar Taşqi işlar vazirligi muzokaralar ijobiy va konstruktiv ruhda ötganini ta’kidlab, tomonlar örtasida sezilarli taraqqiyotga erişilganini ma’lum qildi.

Kelişuvga muvofiq, boş muzokaraçilar yuqori darajadagi qömitaga muntazam hisobot berib boradi. Şuningdek, ular yadroviy dastur, sanksiyalar, monitoring va bahslarni hal etiş masalalari böyiça işçi guruhlarga rahbarlik qiladi.

Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi erişilgan kelişuvlarni ijtimoiy tarmoqda «Livandagi harbiy harakatlarni töxtatiş yölidagi katta yutuq» deb baholadi.

Muzokaralar arafasida Tehron Isroilning Livandagi harbiy operatsiyalari davom etayotgani sababli Hörmuz böğozi yana yopilganini e’lon qilgan edi. Eron Qurolli kuçlari qöşma qömondonligi AQŞ öz majburiyatlarini bajarmagani va uruşni töxtatmagani uçun mazkur qaror qabul qilinganini bildirgan.

15 iyun kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp va Eron prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon aprel oyida e’lon qilingan sulhni uzaytirişni nazarda tutuvçi hadli kelişuvni imzolagan edi. Hujjatda Hörmuz böğozini qayta oçiş va keyingi muzokaralarni 60 kun içida yakunlaş vazifasi belgilangan.