Özbekiston bugun ulkan quriliş maydoniga aylangan. Quriliş sohasida bölayotgan yangiliklar, soha oldiga qöyilgan vazifalar, mavjud muammolar va ularni hal etiş yöllari haqida Quriliş vazirining örinbosari Şuhratxöja Rahmatjonoviç Hoşimov bilan suhbatlaşdik.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

— Ötgan yili Prezident farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Arxitektura va quriliş davlat qömitasi Quriliş vazirligiga aylantirilgandi. Vazirlik maqomi berilgaç, taşkilot oldiga qanday vazifalar qöyilgandi?

— Qömita vaqtida ştat birligi 81 kişidan iborat edi. Bu ştat bilan qöyilgan vazifalarni taşkillaştirişda ayrim muammolar yuzaga kelardi. Vazirlik tuzilgaç, uning taşkiliy tuzilmasi 112ta ştat birligidan iborat qilib belgilandi. Vazirlik arxitektura va quriliş sohasida yagona davlat siyosatini olib borişga, innovatsion ğoyalarni qamrab olgan va energiya samarador loyiha va loyihayaviy yeçimlarni tatbiq qiliş, quriliş sohasidagi nazoratni joyiga qöyiş, hududlarni kompleks rivojlantirişda boş rejalarni işlab çiqiş masalalarini taşkil qiliş, şu bilan bir qatorda şaharsozlik hujjatlari ekspertizasini öz örniga qöyiş — umuman mana şu kabi işlarni tizimli ravişda bir yönalişga keltiriş uçun katta huquqiy asos böldi.

— Siz qator yillar davlat loyihalaş idoralarida rahbarlik qilgansiz. Özbekistondagi viloyatlar va tumanlar markazlarining boş loyihalari qançalik tayyorlangan. Ular qaçon tasdiqlanadi? Bu borada işlar qanday ahvolda?

— Bugungi kunda respublikamizda 1200ta şahar va şaharçalar mavjud. Bulardan 87 foizining boş rejalari işlab çiqilgan. Prezidentimizning 2018 yil 2 fevralda qabul qilingan «2018–2022 yillarda aholi punktlarini boş rejalar bilan ta'minlaş, loyiha taşkilotlari faoliyatini yaxşilaş, şuningdek, şaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlaş sifatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi