O‘zbekiston | 08:39 / 06.12.2023
5063
3 daqiqa o‘qiladi

Qurilish vazirligiga shaharsozlik sohasida qo‘shimcha vakolat beriladi

Shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organi – Qurilish va uy joy kommunal vazirligiga shaharlarning bosh rejalarini soddalashtirilgan ko‘rinishda ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi va loyiha tashkilotiga loyihalash topshirig‘ini berish vakolati taqdim etiladi.

Foto: Kun.uz

«Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha bilan Shaharsozlik kodeksiga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari, qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish tarhi va master rejalari yoki batafsil rejalashtirish loyihasi kabi shaharsozlik hujjatlarining yangi turlari;

bosh tarhni va hududiy tarhlarni tasdiqlash hamda muntazam ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;

shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organi – Qurilish va uy joy kommunal vazirligiga shaharlarning bosh rejalarini soddalashtirilgan ko‘rinishda ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi va loyiha tashkilotiga loyihalash topshirig‘ini berish vakolatini taqdim etish;

O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhida aholini va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tizimini davlat tomonidan tartibga solish, hududlarning joriy holati, salohiyatini aniqlash, o‘zaro bog‘liqlik maqsadlarini va xususiyati, arxitektura, shaharsozlik va qurilish faoliyatini amalga oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari doirasida hududlararo va tarmoqlararo davlat manfaatlarini muvofiqlashtirish va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini loyihalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun asoslar belgilanishi;

O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhidagi loyihaviy yechimlar O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qo‘shni davlatlarning hududiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot dasturlari hamda jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda uzoq davrga mo‘ljallab ishlab chiqilishi;

shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, hududlarning qismlarini hududiy va iqtisodiy rivojlantirishni yaqin, o‘rta va uzoq muddatlarga rejalashtirish va ularning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan, o‘zida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan mavjud muammolarning aniq yechimi va amalga oshirish mexanizmlarini o‘zida aks ettirgan shaharsozlik hujjati master reja yoki batafsil rejalashtirish loyihasi hisoblanishi.

Mavzuga oid