Quriliş sohasiga begona bölmagan Botir Zokirov 2019 yil sentabr oyida Quriliş vaziri etib tayinlangandi. Uning vazirlik davrida (2019-2024 yillar) quriliş sohasida nimalar özgardi? Vazir qanday işlari bilan köproq “tilga tuşdi” va yodda qoldi?
Kovid markazlaridan Olimpiya şaharçasigaça
Botir Zokirovning vazirlik vaqtida quriliş sohasini şaffoflaştiriş borasida yaxşi qadamlar taşlandi.
Xususan, davlat dasturlari va loyihalari doirasida obektlar boş loyiha-qidiruv va boş quriliş-pudrat taşkilotlari “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimida elektron tender savdolari orqali aniqlanişi yölga qöyildi, quriliş obektini foydalanişgaça qabul qiliş jarayonini raqamlaştiriş közda tutildi. Şuningdek, vazirlik huzurida Kompetensiyani rivojlantiriş instituti, Texnik meyerlaş va standartlaştiriş instituti taşkil qilindi.
Botir Zokirovning faoliyati davomida amalga oşirilgan katta quriliş işlari sifatida Kovid markazlarini, Islom sivilizatsiyasi markazini, Imom al Buxoriy majmuasini, Olimpiya şaharçasini, Samarqanddagi turizm markazini sanab ötiş mumkin.
“Trest-12”ga tendersiz “sovğalar”
Botir Zokirov vazirlik paytida uning qarindoşlariga aloqador kompaniya loyihalarni tendersiz olgani haqidagi xabarlar OAVda bot-bot közga taşlanib turdi. Hatto 2021 yilning may oyida Aksilkorrupsiya agentligi direktori Akmal Burhonov uşbu quriliş kompaniyasiga qariyb 5 trln sömlik loyihalar tendersiz berilganligini oçiqlagan.
Jumladan, 2021 yilda «Trest-12» kompaniyasi Mustaqillik maydonidagi 431,5 mlrd sömlik loyiha pudratçisi sifatida tanlangan. Uşbu loyiha doirasida Toşkent şahar hokimiyati huzuridagi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi 2019 yil 9 iyul kuni «Trest-12» kompaniyasi bilan buyurtma şartnomasi imzolagan. Bundan ikki oy oldin, ya’ni 2021 yil 11 may kuni Quriliş vaziri Abduqahhor Töxtayev boşqa işga ötkazilgan








