Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish kiritildi. Chet el valutasi bo‘yicha talablardan biri keskin kuchaytirildi
Foto: AP Photo / Emrah Gurel
Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, chet el valutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tadbirkorlar, shuningdek fermer xo‘jaliklari o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘larni faqat milliy valutada yechib oladilar (hozirga qadar chet el valutasida yechib olishi mumkin bo‘lgan), chet el valutasidan chet elda foydalanish bundan mustasno.
Shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlariga ularning boshqaruv organlari 2017 yilning 5 sentyabriga qadar tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha hosil bo‘lgan kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilganida hisobdan chiqarilayotgan kreditor qarzdorlik summasiga soliq majburiyatlarini qo‘shib hisoblamaslikka ruxsat berildi.
Mavzuga oid
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026
Markaziy bank valuta operatsiyalari tartibiga o‘zgartish kiritmoqchi
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
17:55 / 29.04.2026