Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirish rejasi chippakka chiqdi
Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining mamlakatimizga turli noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishiga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida bartaraf qilinmoqda.
Jumladan, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan xorijdan uchib kelgan fuqaro A.N. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxs bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilmasdan sumkasiga yashirgan holda umumiy qiymati taxminan 90 million so‘mlik 410 dona turli dori vositalarini yashirincha olib o‘tishga uringanligi aniqlandi.
Shuningdek, yana bir fuqaro U.M.ning ham xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va fuqaro bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida uning yuklari orasidan qiymati 28 million so‘mga teng bo‘lgan 295 dona dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
20:03 / 05.07.2026
Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026