Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3,2 milliard so‘mlik maishiy texnika buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni mamlakatdan Farg‘ona vodiysi orqali noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan maishiy texnika buyumlarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Kuzatuvga olingan yuk avtotransport vositalari Zangiota tumani hududida to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, avtoulov yukxonasiga hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, qolaversa, maxsus identifikatsion markalar bilan qadoqlanmagan 100 dona kontrafakt televizorlar ortilganligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilganda, mazkur tumandagi omborlardan birida ham 24 nomdagi 938 dona televizorlar, 340 dona kir yuvish mashinasi, 60 dona muzlatgich va sovutgichlar borligi aniqlandi.
Ushbu hududda yana bir soxta tadbirkorning 12 nomdagi 210 dona televizorlari noqonuniy ravishda saqlanayotganligi fosh qilindi.
O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar natijasida bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolingan maishiy texnika vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 3,2 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026