IIBB: «Nafaqat erkaklarning ayollarga, balki ayollarning erkaklarga tazyiqi ham uchramoqda»
Odatda oilaviy mojarolar ortidan kelib chiqqan zo‘ravonlik deyilganda birdaniga erning o‘z ayoliga tazyiqi tushuniladi. Ammo, o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 5,9 foiz murojaatlarda aynan erkaklar ayollar tomonidan turli shakldagi zo‘ravonlikka uchraganlari haqida shikoyat qilganlar.
Toshkent shahar IIBB multimedia markazidagi an'anaviy brifinglardan navbatdagisida Jinoyatchilikning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Maqsuda Xo‘janazarova bergan ma'lumotlarga ko‘ra poytaxtdagi oilaviy kelishmovchiliklar oqibatida sodir etilgan huquqbuzarliklarining 16,3 foizi er tomonidan o‘z ayoliga qilingan zo‘ravonlik natijasida kelib chiqqan. Ammo nozik jins vakillari ustidan ichki ishlarga murojaat qilgan erkaklar ham bor – 5,9 foiz oilaviy mojarolarda shunday holatlar qayd etilgan.
Bunday holatlar odatda ayolning iqtisodiy muammolar ortidan o‘z eriga tazyiq o‘tkazishi, ruhiy-asab kasalliklar tufayli o‘zini tuta olmasligi, qaynonalarning kuyovlariga turli ko‘rinishdagi bosimlari bilan namoyon bo‘ladi.
Mavzuga oid
07:47 / 15.06.2021
Toshkentda IIBB xodimi va ichki ishlar bo‘limiga kelgan fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi
17:34 / 20.05.2021
Bo‘stonliqda Toshkent shahar IIBB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:01 / 06.05.2021
Ravshan Sultonxo‘jayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi
23:51 / 24.02.2021