Jahon | 09:15 / 15.09.2019
12968
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya bosh vaziri komikslar superqahramoni Xalkka “aylantirildi” (foto)

Foto: The Sun

The Sun britan nashri Britaniya bosh vaziri Boris Jonson komikslar superqahramoni Xalk ko‘rinishida tasvirlangan suratni e'lon qildi.  

Siyosatchining boshi Xalk badaniga montaj qilinib, yashil rangga bo‘yalgan.

Nashr Jonsonning Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bilan uchrashuvi oldidan so‘zlagan nutqiga shunday munosabat bildirgan. “Xalk qanchalik g‘azablansa, shunchalik kuchga to‘ladi”, deb aytgan Britaniya bosh vaziri Brexit jarayoniga izoh berib. U “mamlakat Yevropa Ittifoqi kishanlaridan Xalk kabi ozod bo‘lishini” qo‘shimcha qilgan.  

Siyosatchi Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan 31 oktyabrda chiqishini ta'kidlab o‘tgan. U Mail Online nashriga parlamentda Brexit’ni keyinga qoldirish qo‘llab-quvvatlangan ovoz berishni chetlab o‘tish yo‘lini topishini aytgan.

Mavzuga oid