Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superliga. «Paxtakor» Namangandagi klasikoda g‘olib bo‘ldi
Superliga 19-turining markaziy o‘yini Namanganda yakunlandi. Mahalliy «Navbahor» mehmoni bo‘lgan «Paxtakor» 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 27-daqiqada «Paxtakor» futbolchilari pressing natijasida to‘pni egallab olishdi va bundan foydalangan Doston Hamdamov gol urdi. Bu gol o‘yinda yagona bo‘lib qoldi.
Birinchi bo‘lim yakunida Aziz Turg‘unboyevda jarima zarbasidan gol urish imkoni bo‘ldi, lekin Aziz bundan foydalana olmadi. 89-daqiqada «Navbahor» xavfli hujum qildi. Sherzod A'zamovning xatosidan so‘ng Golban to‘pni olib qo‘ydi va uni Salovyovga tashlab berdi. Rossiyalik futbolchining zarbasi darvoza to‘siniga tegib maydondan chiqib ketdi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Paxtakor»ning ochkolari soni 53 taga yetdi. «Navbahor»da esa ochkolar 25 taligicha qoldi.
Superliga. 19-tur
NAVBAHOR — PAXTAKOR 0:1
Namangan. «Markaziy» o‘yingohi, 17 530 tomoshabin
Gol: Doston Hamdamov (27).
Navbahor: Yusupov, G‘ofurov, Mehmonov, Golban, Shaymanov, Jo‘raboyev, Alijonov (Azim Ahmedov, 80), Ibragimov (Ismoilov), Turg‘unboyev, Solovyov, Kasyan (Sherzod Hakimov, 76).
Paxtakor: Suyunov, Alijonov, A'zamov, Krimets, Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev (Husniddin G‘ofurov, 84), Hamdamov (Asqarov, 90+5), Cheran, Masharipov, Bikmayev (Kozak, 77).
Mavzuga oid
18:46 / 25.03.2026
Superliga klublariga markazlashgan tarzda 35 milliard so‘mdan ajratilishi kutilmoqda
11:41 / 21.03.2026
Superliga. «Neftchi» yo‘qotishsiz bormoqda, «Buxoro» peshqadamni quvyapti
13:12 / 16.03.2026
«Paxtakor» superkubokdagi hakamlik yuzasidan shikoyat kiritdi
21:17 / 15.03.2026