Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikadagi 70 ta davlat oliygohining 2023 yilning dastlabki olti oyi davomidagi daromadlari va xarajatlari haqidagi ma’lumotni ochiqladi

Qayd etilishicha, hisobot davrida keltirilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining umumiy daromadi – 4 trln 501 mlrd 238 mln so‘mni, xarajatlari esa 5 trln 86 mlrd 667 mln so‘mni tashkil etgan.

Respublika kesimida eng ko‘p daromad O‘zbekiston milliy universiteti (245 mlrd so‘m), Farg‘ona davlat universiteti (191 mlrd so‘m), Qoraqalpoq davlat universiteti (188 mlrd so‘m) va Termiz davlat universiteti tomonidan (169 mlrd so‘m) shakllantirilgan.

Toshkent shahrida joylashgan eng ko‘p daromad ko‘rgan oliy ta’lim muassasalarining qisqa ro‘yxati quyidagicha:

  • O‘zbekiston milliy universiteti – 245 mlrd so‘m;
  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 165 mlrd so‘m;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 151 mlrd so‘m;
  • Toshkent davlat texnika universiteti – 145 mlrd so‘m;
  • Toshkent moliya instituti – 102 mlrd so‘m.

Ro‘yxatda keltirilgan 70 ta davlat oliygohining 32 tasi birinchi yarim yillikni foyda bilan yakunlagan:

  • Samarqand davlat chet tillar instituti – 33 mlrd 299 mln so‘m;
  • Navoiy davlat pedagogika instituti - 27 mlrd 310 mln so‘m;
  • Termiz davlat pedagogika instituti – 24 mlrd 327 mln so‘m;
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti – 19 mlrd 536 mln so‘m;
  • Buxoro davlat pedagogika instituti – 14 mlrd 348 mln so‘m;
  • Farg‘ona politexnika instituti – 13 mlrd 607 mln so‘m;
  • Andijon mashinasozlik instituti – 11 mlrd 856 mln so‘m;
  • Qo‘qon davlat pedagogika instituti – 11 mlrd 593 mln so‘m;
  • Andijon davlat pedagogika instituti – 10 mlrd 770 mln so‘m;
  • «TIQXMMI» milliy tadqiqot universiteti – 8 mlrd 455 mln so‘m;
  • O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti – 7 mlrd 885 mln so‘m;
  • Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti – 6 mlrd 928 mln so‘m;