Özbekistonda 2023/24 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlari 13 avgust kuni yakuniga yetdi. Kun.uz muxbiri «Özekspomarkaz» hududida ötkazilgan imtihonning oxirgi kunidan reportaj tayyorladi.

2023/2024 öquv yili uçun OTM bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş test sinovlarida 948 486 nafar abituriyent iştirok etişi belgilangandi. Bilim va malakalarni baholaş agentligiga köra, abituriyentlarning 50 ming nafardan ortiği test sinovlariga kelmagan. 

Ma’lum qilinişiça, 1–12 avgust kungi test sinovlarida 140 nafardan ziyod abituriyent tartib-qoidani buzgani uçun imtihonlardan çetlatilgan.

«Özeskpomarkaz» hududdagi 1-binoda har smenada 930 nafar abituriyent test sinovlarida iştirok etişi belgilangandi. Sönggi kunda 1-smena test sinovlarida 269 nafar nogironligi bölgan abituriyentlar ham qatnaşdi.

Bilim va malakalarni baholaş agentligi boş mutaxassisi Jamşid Odilovning ta’kidlaşiça, abituriyentlarga nogironlik toifasidan kelib çiqqan holda barça yordam körsatildi.

«Birinçi örinda bunday abituriyentlarning test bölayotgan hududga kirib kelişi, joylaşişi va çiqib ketişida yordam beriladi. Kerak bölsa, tibbiyot xodimlari jalb etiladi. Eşitişda kamçiligi bölgan abituriyentlarga surdo tarjimonlar çaqirilib, barça qonun-qoidalar tuşuntirilib, yordam körsatiladi», deydi Odilov.

Şuningdek, közi ojiz yoki tayanç harakati a’zolarida nuqsoni bölgan abituriyentlarga ham yordam körsatildi. Ularga test topşiriqlarini bajarib bölganidan söng javoblar varaqasini töldirişda rozilik asosida guruh nazoratçilari kömak berdi.

13 avgust, yakşanba kuni soat 18:00 da barça hududlarda test sinovlari töliq yakunlandi.