Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalar va banknotlarni muomaladan qaytarib olish tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalari va banknotlarini muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilindi.
Nizomga ko‘ra, eski namunadagi tangalar va banknotlar 2020 yil 1 martdan boshlab qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi.
Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi tangalar va banknotlarning ayirboshlash muddati 2021 yil 1 yanvargacha belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari, tijorat banklari va ularning filiallari mijozlar, shu jumladan aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi tangalar va banknotlarni 2020 yil 1 martga qadar almashtirib beradi.
2020 yil 1 martdan boshlab (2020 yil 1 martdan - 2021 yil 1 yanvarga qadar) qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotgan eski namunadagi tangalar va banknotlar faqat MBBB Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan almashtirib beriladi.
Tijorat banklari va ularning filiallarida eski namunadagi tangalar va banknotlarni sanab-saralash, qimmatliklarni tashish ishlari Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
MBBB Hisob-kitob kassa markazlari, tijorat banklari va ularning filiallarida mavjud bo‘lgan eski namunadagi tangalar va banknotlar quyidagicha shakllantiriladi:
Markaziy bankning 1994 yil namunasidagi 1 tiyinlik, 3 tiyinlik, 5 tiyinlik, 10 tiyinlik, 20 tiyinlik, 50 tiyinlik tangalari, alohida, har birida 100 donadan solingan qoplarda;
Markaziy bankning 1997 yil namunasidagi 1 so‘mlik, 5 so‘mlik, 10 so‘mlik, 1999 yil namunasidagi 5 so‘mlik, 10 so‘mlik, 25 so‘mlik, 2000 yil namunasidagi 1 so‘mlik, 10 so‘mlik, 2001 yil namunasidagi 5 so‘mlik, 10 so‘mlik tangalari, alohida, har birida 1000 donadan solingan qoplarda;
Markaziy bankning 1994 yil namunasidagi 1 so‘mlik, 3 so‘mlik, 5 so‘mlik, 10 so‘mlik, 25 so‘mlik banknotlari qiymatiga qarab 100 donadan dastalab, 10 ta dastadan iborat bo‘lgan bog‘lamlarda shakllantiriladi.
Qiymati va toifalari bo‘yicha to‘liq shakllantirilgan tangali qoplar va to‘liq bog‘lamdagi banknotlar tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan inkassatsiya xizmati orqali Hisob-kitob kassa markazlariga jo‘natiladi.
Eski namunadagi tangalar va banknotlar to‘lov vositasi bo‘lib hisoblanishi bo‘yicha belgilangan muddat tugaganidan so‘ng tijorat banklari va ularning filiallarida to‘liq bo‘lmagan holda shakllantirilgan bog‘lamlar ham MBBB Hisob-kitob kassa markazlariga jo‘natilishi lozim.
MBBB Hisob-kitob kassa markaziga tijorat banklari va ularning filiallaridan olib kelingan eski namunadagi tangalar va banknotlar to‘liq qayta sanaladi.
Qayta sanash jarayonida aniqlangan kamomad va ortiqcha qo‘yilmalar bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va rasmiylashtiriladi.
MBBB Hisob-kitob kassa markazlarida eski namunadagi tangalar va banknotlar qiymati bo‘yicha alohida dastalanib hamda to‘liq bog‘lamlar shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markaziga olib kelib topshiriladi.
Belgilangan muddatga qadar MBBB Hisob-kitob kassa markazlari 2021 yil 1 yanvargacha, barcha tijorat banklari va ularning filiallari 2020 yil 1 martgacha mijozlar, shu jumladan aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi tangalar va banknotlarni hech qanday moneliksiz, cheklovlarsiz qabul qilishlari va hech qanday to‘lov yoki vositachilik haqi undirilmagan holda ular bo‘yicha hisob-kitob qilishlari shart.
Markaziy bankning eski namunadagi tangalari va banknotlari bo‘yicha hisob-kitoblar mijozlar va aholining talabiga asosan:
bank plastik kartasi hisobvaraqlariga kirim qilinish orqali (to‘liq qiymatda);
muomaladagi tanga va banknotlarga ayirboshlab berish orqali;
mijozlarning tegishli hisobvaraqlariga, fuqarolarning arizasiga asosan omonatga kirim qilish orqali;
kommunal va boshqa bir martalik to‘lovlar uchun qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
21:47 / 09.04.2026
Amir Temur yubileyiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar chiqarildi
13:41 / 03.12.2025
Rossiya imperiyasi davriga oid oltin tangalarni sotishga urinish fosh etildi
20:14 / 13.11.2025
AQSh bir sentlik tangalarni zarb qilishni to‘xtatdi
11:27 / 15.09.2025