Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yirik miqdordagi naqd xorijiy valutalarni yashirincha olib o‘tishga urinish fosh qilindi
Bojxona xodimlari tomonidan naqd xorijiy valutalarni bojxona chegaralaridan turli noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro O.A. bojxona nazoratidan o‘tkazilganda fuqaroning egnidagi kiyimi cho‘ntaklariga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 40 000 AQSh dollari yashirilganligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ham shunga o‘xshash holat aniqlandi.
Ushbu post orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan U.N. va I.X. ismli shaxslar ham bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, ular qariyb 20 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd xorijiy valutalarni kiyimlari orasiga yashirib, respublikamizdan noqonuniy ravishda olib chiqmoqchi bo‘lganliklari aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026