Jamiyat | 16:50 / 19.09.2019
9028
4 daqiqa o‘qiladi

«Andijon hududiy elektr tarmoqlari» elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash bo‘yicha nimalar qilyapti?

Foto: hududi

«Andijon hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida hozirgi kunda jami iste'molchilar soni 619 305 tani tashkil etib, shundan 15 229 tasi ulgurji va 604 076 tasi aholi iste'molchilaridir.

Hozirgi kunda “Andijon HETK” AJ tasarrufida 7142 dona transformator punktlari, 16 152 km 10-6-0,4 kVli havo tarmoqlari mavjud. 

2019 yil davomida Xo‘jaobod tumanida joylashgan o‘ta yuklama bilan ishlayotgan «Zavroq» nimstansiyasidagi 10 000 kVA quvvatli kuch transformator 25 000 kVA quvvatlisiga almashtirildi, natijada 12 mingdan ortiq aholi xonadonlari elektr ta'minoti mustahkamligi oshirildi. 

Andijon tumanidagi «Andijon-farm» EIZda qurilayotgan ishlab chiqarish korxonalari elektr ta'minoti mustahkamligini oshirish uchun «Kamolot» nimstansiyasiga T-2 sifatida 10 000 kVA quvvatli kuch transformator o‘rnatiladi.

Andijon shahrida joylashgan «Oliygoh» nimstansiyasidagi 4 000 kVA quvvatli kuch transformator 10 000 kVA quvvatlisiga almashtirildi, natijada Andijon shahridagi 4 mingdan ortiq aholi xonadonida elektr ta'minoti mustahkamligi oshirildi.

Shahrixon tumanida joylashgan «Oltin vodiy» nimstansiyasidagi 16 000 kVA quvvatli kuch transformator 25 000 kVA quvvatlisiga almashtirildi, natijada 20 mingdan ortiq aholi xonadonlarida elektr ta'minoti mustahkamligi oshirildi. 

Baliqchi tumanida joylashgan «Chinobod» nimstansiyasidagi 10 000 kVA quvvatli kuch transformator 16 000 kVA quvvatlisiga almashtirildi, natijada 11 mingdan ortiq aholi xonadonlari elektr ta'minoti mustahkamligi oshirildi.

Shuningdek, Oltinko‘l tumanida joylashgan «KFK» nimstansiyasidagi 4000 kVA quvvatli kuch transformator 6300 kVA quvvatlisiga almashtirildi, 4 mingdan ortiq aholi xonadonlarida elektr ta'minoti mustahkamligi oshirildi.

Xo‘jaobod tuman Xidirsha massivida «Mustaqillik 27-yilligi» MFY hududida qurilgan 1000 ga yaqin uy-joylar, ijtimoiy soha obektlari hamda ishlab chiqarish korxonalar elektr energiyasi ta'minotini yanada yaxshilash uchun yangi qurilayotgan «Xidirsha» nimstansiyasiga 10 000 kVA quvvatli kuch transformatorni o‘rnatish ishlar amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu ishlar uchun 12 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.

Joriy yilning 1 sentabr holatiga 326,1 km elektr tarmoqlari qurildi va    161 dona transformator punkti o‘rnatildi. Ushbu qurilish ishlari uchun 29 428 mln so‘m kapital mablag‘ sarflandi. Yil yakuniga qadar qo‘shimcha 327,2 km elektr tarmoqlari va 146 dona transformator punkti o‘rnatish rejalashtirilgan.

2019 yilda «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha Andijon viloyatidagi 42 ta qishloqlar tanlab olingan bo‘lib, 103,4 km tarmoq qurildi va 43 dona transformator punkti o‘rnatildi hamda 276,3 km tarmoq va 169 dona transformator punkti mukammal ta'mirlandi.

«Obod mahalla» dasturi bo‘yicha Andijon shahar va Xonobod shahar bo‘yicha 5,6 km elektr tarmoq tortildi va 4 dona transformator punkti o‘rnatildi hamda 4,5 km tarmoq va 1 dona transformator punkti mukammal ta'mirlandi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davomida 1482,24 km 110-0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, 5 dona 35/110 kV kuchlanishli kuch transformator, 32 dona 35/110 kV kuchlanishli o‘chirgich, 543 dona transformator punkti mukammal ta'mirlandi, 120 tonna transformator moyi jamg‘ariladi.

Bundan tashqari, kuz-qish mavsumida nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida 18 dona maxsus avtotexnika, 32 dona navbatchi brigadalari aloqa vositalari hamda yengil avtomashinalar bilan ta'minlangan.

Mavzuga oid