Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchuvchisiz uchish qurilmasini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi
Turli ko‘rinishdagi tovar-moddiy boyliklarining yashirin yo‘llar bilan yurtimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlar bojxona xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf qilinmoqda.
Jumladan, “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelayotgan fuqaro F.S.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va u belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada ushbu shaxsning yuklari orasidan bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026