Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozon qopqog‘iga uddaburonlik bilan yashirilgan tangalar fosh bo‘ldi
Davlat chegaralari orqali madaniy boyliklarni noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga bo‘lgan navbatdagi urinish bojxona xodimlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlandi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan xorijiy fuqaro M.I. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, uning yuklari orasidagi afg‘on qozonining qopqoq rezinasi orasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 52 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga asosan, 52 dona tangalardan 20 donasi miloddan avvalgi III-II asrga oid ekanligi va Yunon-Baqtriya podsholigi davrida zarb qilinganligi, shuningdek qolgan 32 dona tangalar esa miloddan avvalgi III-II asrga oid ekanligi va Yunon-Baqtriya podsholigi davrida yasalgan tangalar ekanligi aniqlandi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan madaniy boyliklar Termiz Arxeologiya muzeyiga topshirilgan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:47 / 09.04.2026
Amir Temur yubileyiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar chiqarildi
17:00 / 26.03.2026
O‘zbekistonga chetdan olib kirilgan telefonni IMEI ro‘yxatidan qanday o‘tkazish mumkin?
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
09:46 / 03.03.2026