Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltiboyev finalda yutqazdi. O‘zbekiston Gran-prini ikkinchi o‘rinda yakunladi
Toshkent-2019 dzyudo Gran-prisi so‘nggi kun bahslari bo‘lib o‘tdi. Bekmurod Oltiboyev finalda gruziyalik Tushishvili Guramga yutqazdi
Mutlaq vazn +100 kgda ishtirok etgan yana bir o‘zbekistonlik Alisher Yusupov uchinchi o‘rin uchun bahsda S. Heggyga yutqazdi. Yana bir bronza Y. Hammoga nasib etdi.
Bekmurod Oltiboyev yarimfinalda S. Heggyni 6 soniyada mag‘lub etgan edi.
Shunday qilib uch kun davom etgan Toshkent-2019 dzyudo Gran-prisi yakuniga yetdi.
Turnir yakuniga ko‘ra rossiyalik dzyudochilar umumjamoa hisobida 5 ta oltin 2 ta kumush bilan birinchi, o‘zbekistonliklar 2 oltin 3 kumush 2 bronza bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, avstriyaliklar 2 tadan oltin va bronzani qo‘lga kiritib uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi.





Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024