Moliya vazirligi bu yil «Obod qishloq» dasturiga ajratilgan mablag‘lar qay tarzda nazorat qilinishini ma'lum qildi
Bugun, 25 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qurilish vazirligi vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Prezident qarorida tasdiqlangan «Obod qishloq» dasturi ijrosini ta'minlashda mas'ul vazirliklarning hisoboti tinglandi. Moliya vazirligi hududlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Murod Davlatov «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturiga ajratilgan mablag‘lar sarflanishi qay tartibda nazoratga olinishi haqida ma'lumot berdi.
«Mablag‘ nazorati Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Har bir obekt uchun yuridik shaxs hisob raqami ochiladi va unga mablag‘ yo‘naltiriladi va uning maqsadli sarflanishi doimiy monitoring qilib boriladi. Qonunbuzilish holatlari yuzaga kelganda tezda chora ko‘riladi. Masalan, Jizzax viloyati Quyitosh qo‘rg‘oniga ajratilgan mablag‘lar qay tartibda sarflanayotgani o‘rganilganda 68 mln. so‘m kamomad aniqlandi va huquq-tartibot organlariga xabar qilindi», deya Murod Davlatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Murodovning qo‘shimcha qilishicha, 2019 yil uchun «Obod qishloq» dasturi doirasida davlat va mahalliy budjetlar hisobidan jami 2 trln 233 mlrd so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. Shundan mahalliy budjetdan 704 mlrd, respublika investitsiya doirasida 1 trln 21 mlrd so‘m, shuningdek, qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan 808 mlrd so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. Hozirgacha 2 trln 146 mlrd so‘m (mablag‘larning 81 foizi) mablag‘ berildi. Jumladan, yo‘llar qurilishiga 11 mlrd so‘m, ichimlik suvi va oqova suv inshootlarini rekonstruksiya qilish uchun 368 mlrd so‘m, irrigatsiya va melioratsiya obektlarini uchun 6 mlrd so‘m, obodonlashtirish ishlariga 24 mlrd so‘m mablag‘i yo‘naltirildi. «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha esa 653 mlrd so‘m berilishi belgilandi.
Mavzuga oid
13:08 / 10.05.2023
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga ovoz berish noyabr–dekabr oylarida o‘tkaziladi
17:06 / 04.05.2023
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtiriladi
16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi
20:14 / 22.11.2022