Uçraşuvda Avstriya Moliya vazirligi rahbariyati boşçiligidagi biznes delegatsiyaning şu haftada taşrif buyurişi masalalari muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida taşrifning taşkiliy va mazmuniy jihatlari kelişib olindi. Andreas Rayxardt Özbekiston va Avstriya örtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy sohalarda aloqalar yildan yilga rivojlanib borayotganini ta’kidlab, bölajak taşrif hamkorlikning rivojlanişiga mustahkam poydevor bölib xizmat qilişini bildirdi.
Mazkur ötkaziladigan taşrif davomida Avstriyaning yetakçi kompaniyalari vakillari bilan G2B va B2B formatdagi uçraşuvlar taşkil etiladi.
Özbekistonning Venadagi elçixonasi işlab çiqqan dasturiga köra, Andreas Rayxardt va mamlakatning bir qator vazirlik, idoralar va taşkilotlari örtasida uçraşuvlar bölib ötişi rejalaştirilgan. Ularda misni qayta işlaş, gidroenergetika, "yaşil" energetika, kimyo sanoati, "aqlli qişloq xöjaligi"ni joriy etiş, toğ-kon sanoati, biznes-konsalting, savdo-sotiq, jamoat hamda transport xavfsizligi, havo harakatini va tabiiy ofatlarni boşqariş sohalarida hamkorlikni jadallaştiriş masalalari muhokama etiladi.
Şuningdek, delegatsiyasi a’zolari 26–28 noyabr kunlari poytaxtda bölib ötadigan "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi", "Transkaspiy transport yölagi va ulaniş böyiça investorlar forumi" hamda AgroExpo Uzbekistan xalqaro körgazmasida ham qatnaşişi közda tutilgan.












