Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta yog‘i va don mahsulotlari orasiga yashirilgan 75,5 million so‘mlik rangli metall parchalari fosh etildi
Bojxona organlari tomonidan rangli metallarning noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro B.B. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, avtomashina yukxonasidagi paxta yog‘lari orasiga qiymati 18,1 million so‘mlik 1003 kilogramm rangli metall parchalari yashirilganligi aniqlandi.
Shuningdek, yana bir holatda fuqaro X.N. boshqaruvidagi yana bir “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, don mahsulotlari orasiga yashirilgan umumiy qiymati 57,3 million so‘mlik 3160 kilogramm og‘irlikdagi rangli metallar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026