Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AOKA Buyuk Britaniya davlat organi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi
Shu yilning 23 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi, Buyuk Britaniya Birlashgan hamda Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati o‘rtasida anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Memorandum doirasidagi hamkorlik O‘zbekiston davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirishga yo‘naltirilgan bir qator maslahat va seminarlarni o‘z ichiga oladi.
Xususan, mamlakatda strategik aloqalarni rivojlantirishda tajriba almashish va qo‘llab-quvvatlash, idoralararo aloqa hamda ma'lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, asosiy vazirlik, idora va tashkilotlar axborot xizmatlari xodimlarining salohiyatini oshirish va davlat organlari faoliyati ochiqligini ta'minlashga qaratilgan seminar hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Seminarlar AOKA anjumanlar zalida Buyuk Britaniya Birlashgan va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati mutaxassislari bilan birgalikda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ko‘magida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026