Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasining “Axborot oliş erkinligi hamda davlat organlari va boşqa taşkilotlar faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi qonuni loyihasi e’lon qilindi.

Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • axborot oliş erkinligi tamoyillari va kafolatlariga rioya etilişini ta’minlaş;
  • har bir insonning axborotni erkin va tösiqsiz izlaş, oliş, tekşiriş, uzatiş, tarqatiş, foydalaniş va saqlaşda konstitutsiyaviy huquqini röyobga çiqariş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar faoliyati töğrisida axborot oliş huquqi kafolatlarini ta’minlaş;
  • jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organlari va boşqa taşkilotlar faoliyati töğrisida axborot olişini ta’minlaş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar faoliyati töğrisidagi axborotni tarqatiş tartibini belgilaş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar hamda ularning mansabdor şaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar ustidan javobgarligini oşiriş;
  • şaxs, jamiyat va davlatning axborot va axborot xavfsizligini himoya qilişni ta’minlaş.

Uşbu qonun axborot oliş erkinligi, şuningdek, davlat organlari va boşqa taşkilotlar, ularning tarkibiy va hududiy bölinmalari faoliyatining oçiqligini ta’minlaşga tatbiq etiladi.

Uşbu Qonunning amal qilişi quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

  • jismoniy şaxslarning şaxsiy ma’lumotlarini oliş tartibi;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan arizalar, takliflar va şikoyatlarni körib çiqiş tartibi;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan vakolatlarini amalga oşirişda boşqa davlat organlari va boşqa taşkilotlarga öz faoliyati töğrisida axborot beriş tartibi;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar faoliyati töğrisidagi taqdim etişning öziga xos xususiyatlari boşqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida axborot turlari.

Axborot oliş erkinligining asosiy tamoyillari, şuningdek, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi quyidagilardan iborat:

  • axborotning oşkoraligi, ommaviyligi, oçiqligi va işonçliligi;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisidagi axborotni izlaş, oliş va tarqatiş erkinligi;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan axborotning öz vaqtida, şaffof, töliq va haqqoniyligi;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar faoliyati töğrisida axborot taqdim etişda fuqarolarning öz şa’ni va qadr-qimmatini tajovuzlardan, öz şaxsiy hayotiga aralaşuvlardan himoya qilişga bölgan huquqlari va qonuniy manfaatlariga, şuningdek fuqarolar va yuridik şaxslarning öz işçanlik obrösini himoya qilişga bölgan huquqlariga rioya etiş.

Har bir fuqaroga axborot oliş huquqi kafolatlanadi. Axborot oçiq va oşkora, işonçli hamda hamma foydalanişi mumkin bölişi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno.

Davlat har kimning axborotni izlaş, oliş, tekşiriş, tarqatiş, undan foydalaniş va uni saqlaş huquqini himoya qiladi. Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, e’tiqodi, şaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab axborot oliş huquqi çeklanişiga yöl qöyilmaydi.

Özbekiston Respublikasida senzuraga va axborotni monopollaştirişga yöl qöyilmaydi.

Davlat organlari va boşqa taşkilotlar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, jamoat birlaşmalari va boşqa nodavlat notijorat taşkilotlari hamda mansabdor şaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har kimga özining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bölgan axborot bilan tanişib çiqiş imkoniyatini ta’minlab berişga, maqbul axborot resurslari yaratişga, foydalanuvçilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boşqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlaşga majburdirlar. Axborot oliş uning naşr etilişi va (yoki) butun dunyo böylab Internet axborot tarmoğida joylaştirilişi, şuningdek, qonun hujjatlari va tegişli materiallarni tarqatiş orqali ta’minlanadi.

Axborotni buzib talqin etiş va soxtalaştiriş taqiqlanadi.

Ommaviy axborot vositalari özlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uçun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar böladilar.

Davlat organlari va boşqa taşkilotlar, fuqarolar özini özi boşqariş organlarining, jamoat birlaşmalarining, korxonalar, muassasalar, taşkilotlar va mansabdor şaxslarning fuqarolarning axborot olişga doir huquqlarini kamsituvçi xatti-harakatlari yoki harakatsizligi, axborot egasi va mulkdorining axborot olişni rad etişi yuzasidan sudga şikoyat qilinişi mumkin.

Davlat organlari va boşqa taşkilotlar, şuningdek boşqa yuridik şaxslarning faoliyati töğrisidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning, ularning tarkibiy va hududiy bölinmalari, özini-özi boşqariş organlari, jamoat birlaşmalari va nodavlat notijorat taşkilotlarning huquqiy maqomini belgilovçi normativ-huquqiy hujjatlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boşqa hujjatlar, şuningdek ularning ijro etilişining borişi töğrisidagi ma’lumotlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga va boşqa hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek uşbu hujjatlarni öz kuçini yöqotgan deb topiş töğrisidagi ma’lumotlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan işlab çiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning va boşqa hujjatlarning loyihalari töğrisidagi ma’lumotlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan davlat dasturlari hamda boşqa dasturlar amalga oşirilişi töğrisidagi ma’lumotlar;
  • budjetdan ajratiladigan mablağlar va budjet taşkilotlarining budjetdan taşqari jamğarmalari mablağlaridan foydalanilişi, ötkazilgan tanlovlar (tenderlar) va olingan tovarlarning yetkazib berilişi töğrisida, vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamğarmalari hamda boşqa budjet mablağlarini taqsimlovçilar, davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan rasmiy veb-saytlariga joylaştiriladigan tegişli axborotlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan ötkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengaşlar, uçraşuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boşqalar) töğrisidagi ma’lumotlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning jismoniy va yuridik şaxslar, boşqa davlat organlari hamda taşkilotlar bilan özaro hamkorligi, şuningdek xorijiy hamda xalqaro taşkilotlar bilan xalqaro hamkorlikda iştirok etişi töğrisidagi ma’lumotlar;
  • amalga oşirilişida davlat organlari va boşqa taşkilotlar iştirok etayotgan Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalari, şuningdek ularning rahbarlari va rasmiy delegatsiyalarining rasmiy taşriflari va xizmat safarlari töğrisidagi ma’lumotlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati sohasiga taalluqli bölgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlaniş sur’atini tavsiflovçi asosiy körsatkiçlar va statistik ma’lumotlar haqidagi, şu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy va boşqa rivojlaniş körsatkiçlari töğrisidagi ma’lumotlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan ötkaziladigan (taşkil etiladigan) oçiq tanlovlar (tenderlar) va kimoşdi savdolari töğrisidagi ma’lumotlar;
  • ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemialogiya va favqulodda vaziyatlar, aholini, aholi punktlarini, işlab çiqariş obektlarini va kommunikatsiyalarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş holati va ularning xavfsizligini ta’minlaş böyiça qabul qilingan çora-tadbirlar, prognoz qilinayotgan va yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar, aholini ulardan himoya qiliş usullari va uslublari töğrisida ma’lumotlar, şuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan fuqarolar va taşkilotlar e’tiboriga yetkazilişi lozim bölgan boşqa ma’lumotlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar, uning tarkibiy va hududiy bölinmalari tomonidan öz vakolatlari doirasida ötkazilgan tekşirişlar natijalari, şuningdek davlat organi va boşqa taşkilot, uning tarkibiy va hududiy bölinmalarida ötkazilgan tekşiruvlar natijalari töğrisida ma’lumot;
  • Özbekiston Respublikasi hududida faoliyat körsatayotgan axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, idoraviy arxivlar va davlat organlari va boşqa taşkilotlarning axborot tizimlari, boşqa yuridik şaxslarning oçiq fondlarida mavjud bölgan ma’lumotlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan ta’sis etilgan ommaviy axborot vositalari töğrisidagi ma’lumotlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarda, ularning tarkibiy va hududiy bölinmalarida mavjud böş iş örinlari, işga qabul qiliş şartlari va böş iş örinlariga joylaştiriş uçun nomzodlarga qöyiladigan talablar töğrisidagi ma’lumotlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan taşkil etilgan muvofiqlaştiruvçi va maslahat organlari töğrisidagi ma’lumotlar;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning oçiq Hay’at majlislarini ötkaziş rejalari, şu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular ötkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir böliş tartibi.

Davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisidagi axborot sirasiga qonun hujjatlariga muvofiq boşqa ma’lumotlar ham kiritilişi mumkin.

Davlat organlari va boşqa taşkilotlar öz faoliyati töğrisidagi axborot röyxatini uşbu modda qoidalariga muvofiq tasdiqlaydi.

Davlat hokimiyatining vakillik organlari (Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari), ularning qömitalari (doimiy komissiyalari), komissiyalari oçiqlikni ta’minlaş maqsadida öz faoliyati töğrisidagi axborot, şu jumladan rejalaştirilayotgan majlislar va tadbirlar, körib çiqilişi möljallanayotgan masalalar, qabul qilingan qarorlar haqidagi axborot öz vaqtida e’lon qilinişini (çop etilişini) ta’minlaydi.

Davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisida axborot izlaşni amalga oşirayotgan jismoniy yoki yuridik şaxs axborotdan foydalanuvçidir.

Axborotdan foydalanuvçi quyidagi huquqlarga ega:

  • axborotni tösiqsiz izlaş, oliş, örganiş, uzatiş, tarqatiş, ulardan foydalaniş va saqlaş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisidagi işonçli axborotni oliş va tarqatiş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisida uşbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan axborotni oliş uçun bevosita yoxud öz vakillari orqali sörov bilan murojaat etiş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisida söralayotgan foydalaniş çeklanmagan axborotni oliş zaruratini asoslab bermaslik;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisida axborot oliş huquqini hamda uni amalga oşiriş tartibini buzayotgan davlat organlari va boşqa taşkilotlarning, ularning mansabdor şaxslarining hujjatlari va (yoki) harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda şikoyat qiliş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar faoliyati töğrisida axborot oliş huquqini buzgan holda yetkazilgan zararni qonunda belgilangan tartibda qoplaşni talab qiliş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisida axborot olişni rad etiş;
  • axborotdan foydalanuvçi qonun hujjatlariga muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.

Davlat organlari va boşqa taşkilotlar faoliyatining oçiqligini ta’minlaş sohasidagi davlat organlari va boşqa taşkilotlar rahbarlarining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar tarkibiy va hududiy bölinmalarining öz faoliyati töğrisidagi axborotdan foydalanuvçilarning foydalanişini ta’minlaşga doir faoliyatini muvofiqlaştirib boriş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisida axborot taqdim etiş tartibini belgilovçi normativ-huquqiy hujjatlar va boşqa hujjatlar işlab çiqilişi hamda qabul qilinişini taşkil etiş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar faoliyatining oçiqligini ta’minlaş böyiça ötkazilayotgan tadbirlar monitoring qilinişini hamda doimiy ravişda kompleks baholanişini taşkil etiş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisida axborot taqdim etiş uçun mas’ul bölgan mansabdor şaxslarni belgilaş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisida ularning rasmiy veb-saytlarida, butunjahon Internet axborot tarmoğidagi veb-sahifalarida va (yoki) messenjerlarda joylaştiriladigan axborot röyxatini tasdiqlaş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisidagi foydalanilişi qonun hujjatlariga muvofiq çeklab qöyilgan axborotga taalluqli ma’lumotlarning röyxatini tasdiqlaş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisidagi e’lon qilinişi (çop etilişi) lozim bölgan axborot materiallarini tasdiqlaş;
  • axborotdan foydalanuvçilarning davlat organlari va boşqa taşkilotlarning oçiq hay’at majlislarida hozir bölişi tartibini belgilaş;
  • axborotdan foydalanuvçilarning davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisidagi axborotdan moneliksiz foydalanişini ta’minlaş, uşbu Qonun 13-moddasining ikkinçi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisida ularning rasmiy veb-saytlarida, butunjahon Internet axborot tarmoğidagi veb-sahifalarida va (yoki) messenjerlarda joylaştiriladigan axborotning öz vaqtida berilişini, töliq va işonçliligini ta’minlaş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar faoliyatining oçiqligi töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun davlat organlari va boşqa taşkilotlarning mansabdor şaxslariga nisbatan tegişli çoralar köriş;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning rahbarlari davlat organlari va boşqa taşkilotlar faoliyatining oçiqligini ta’minlaş sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.

Davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisidagi axborot manbalari quyidagilardan iborat:

  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar rahbarlari va ularning matbuot xizmatlari, şuningdek, ular vakolat bergan mansabdor şaxslarning matbuot anjumanlari, brifinglar, intervyular va boşqa tadbirlardagi çiqişlari va bayonotlari;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning butunjahon Internet axborot tarmoğidagi rasmiy veb-saytlari, veb-sayt sahifalari va (yoki) messenjerdagi materiallari;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlar matbuot xizmatlarining xabarlari;
  • davlat organlari va boşqa taşkilotlarning rasmiy naşrlari;
  • ommaviy axborot vositalarining materiallari.

Qonun hujjatlariga muvofiq boşqa manbalar ham davlat organlari va boşqa taşkilotlarning faoliyati töğrisidagi axborot manbalari bölişi mumkin.

Davlat organlari va boşqa taşkilotlarining öz faoliyati töğrisidagi axborotni tayyorlaş hamda tarqatiş vazifalarini bajaruvçi, şuningdek ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, blogerlar va jamoatçilik bilan hamkorlikni ta’minlovçi tarkibiy bölinmasi yoxud uşbu vazifalarni bajariş zimmasiga yuklatilgan şaxs davlat organlari va boşqa taşkilotlarning matbuot xizmatidir.

Barça davlat organlari va boşqa taşkilotlar tarkibida matbuot xizmatlarining mavjudligi majburiy hisoblanadi.

Davlat organlari va taşkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bir vaqtning özida davlat organi va taşkiloti rahbarining matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari böyiça rahbarning maslahatçisi maqomiga ega böladi hamda mehnatga haq tölaş, tibbiy va transport xizmati körsatiş şartlariga köra davlat organi va taşkiloti rahbarining örinbosariga tenglaştiriladi. U Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boşqarmalari xulosasini hisobga olgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Axborot xizmati ommaviy tadbirlarni taşkil etiş, axborot xabarlarini (press-relizlar, byulletenlar va hokazolarni) tarqatiş, şuningdek davlat organlari va boşqa taşkilotlarning butunjahon Internet axborot tarmoğidagi rasmiy veb-saytlari, veb-sayt sahifalari va (yoki) messenjerda ularning faoliyati töğrisidagi axborotni joylaştiriş va har kuni yangilab boriş yöli bilan davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritiş çora-tadbirlarini köradi. Matbuot xizmati davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining faoliyati töğrisida axborot tarqatişning qonun hujjatlariga zid bölmagan boşqa usullaridan ham foydalanişi mumkin.

Matbuot xizmatining faoliyatini taşkil etiş tartibi davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan belgilanadi.

Axborotdan foydalaniş faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklarini, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning axloqiy qadriyatlarini, ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatni himoya qiliş, mamlakat xavfsizligini ta’minlaş, uning milliy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida çeklanişi mumkin.

Davlat organlari va boşqa taşkilotlar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, korxonalar, muassasalar, jamoat birlaşmalari va boşqa taşkilotlar hamda mansabdor şaxslarda mavjud bölgan axborotlardan, şu jumladan ularning faoliyati töğrisidagi axborotlar qonunda belgilangan tartibda davlat sirlarini yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil etuvçi ma’lumotlar turiga kiritilgan taqdirda çeklanadi. Maxfiy axborotning egasi, uşbu ma’lumotlarga kirişning amaldagi çeklovlari haqida ma’lumot söragan şaxslarni xabardor qilişi şart.