2021 yilda qabul qilingan prezident farmonida deputatlar va senatorlarning har bir qonun loyihasiga qanday ovoz berganini oçiqlaş közda tutilgan edi. Lekin Oliy Majlisning ikkala palatasi ham bu ma’lumotlarni oçiqlamay kelmoqda. Qonunçilik palatasi qömita raisi Bobur Bekmurodovning aytişiça, yangi çaqiriqdagi parlament “ança oçiq va loyihalarni xalq bilan muhokama qiladigan” böladi.
2 dekabr kuni Toşkentda boşlangan fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bölgan Qonunçilik palatasi qömita raisi, “Yuksaliş” harakati yetakçisi Bobur Bekmurodov yangi parlamentdagi oçiqlik masalalariga töxtalib ötdi.
— Qonunçilik palatasining ötgan çaqiriqdagi faoliyatida mustaqil OAVlar unçalik oçiqlikni sezmadi. Masalan, quyi palata majlislarini jonli efirga çiqişi uçun ança kuraşildi. Yoki har bir qonun böyiça deputatlarning qaysi biri qanday ovoz berganini aniqlaş imkonsiz bölib qolmoqda. Qonunçilik palatasi majlislariga mustaqil OAV vakillari kiritilmayapti. Spiker ham mustaqil OAVga biror marta intervyu bermadi. Bu çaqiriqda xalq vakillari qançalik oçiq böladi, deb öylaysiz?
— Bu savollarga fikr bildirişim mumkin, lekin javob berişga vakolatli emasman. Prezidentning farmoni bilan yalpi majlislarni töğridan töğri efirga uzatiş ötgan çaqiriqdan boşlab yölga qöyildi. Budjet muhokamasi böladimi, jamoatçilik uçun muhim turli qonunlar böladimi, sayt va YouTube tarmoğida töğridan töğri efirga uzatilişi Özbekiston parlamentarizmi uçun judayam katta yutuq, deb bilaman.
Albatta, kelgusida yanada oçiqlik haqida öylaşimiz kerak. Prezidentimiz ham aytib ötdilar, yangi ğoyalarni ilgari surdilar. Masalan, har bir qömitaning huzurida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat jamoatçilik kengaşi taşkil etilişi. Mana bu ham juda zör mexanizm böla oladi. Masalan, qömita raisi sifatida ayta olamanki, jamoatçilik kengaşiga OAV vakillarini, mustaqil jurnalistlarni ham albatta taklif etamiz. Çunki ularning qonunlarga öz fikrini berişi, qonun ijodkorligi jarayonida iştirok etişi juda yaxşi mexanizm böladi.
Qaysi deputat nimaga, qanday ovoz bergani [oçiq] bölişi kerak, bu narsa nihoyatda muhim deb bilaman. Bu masalada siz bilan xayrixohman.
—











